13:52 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
69421

S-500 “Prometey” kosmosda gipertovushli qurollarni yoʻq qilish imkoniyatiga ega boʻladi - Havo-kosmik kuchlar bosh qumondoni Sergey Surovikin.

TOSHKENT, 3 iyul - Sputnik. S-500 “Prometey” Yerga yaqin fazoda gipertovushli qurollarni yoʻq qilish imkoniyatiga ega boʻladi, dedi Havo-kosmik kuchlar (VKS) bosh qumondoni Sergey Surovikin “Krasnaya Zvezda” nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq, S-500 Yerdan yuzlab kilometr masofadagi nishonni yakson qilish imkoniyatiga ega ekanligini ishlab chiqaruvchi – “Almaz-Antey” kontserni bosh konstruktori Pavel Sozinov maʼlum qilgan.

Surovikinning soʻzlariga koʻra, S-500ni texnik xususiyatlari, uni kosmosdagi mudofaa tizimlarining birinchi avlodiga qoʻshish imkonini beradi.

“S-500 zenit raketa tizimi tarkibiga kiritilgan hususiyatlar aerodinamik va ballistik nishonlardan tashqari barcha modifikatsiyadagi gipertovushli qurollarni, shu jumladan yaqin kosmosda ham yoʻq qilishga imkonini beradi”, - dedi bosh qoʻmondon.

Shuningdek, u ushbu tizimning analoglari umuman mavjud emasligiga ishonch bildirdi.

S-500 “Prometey” (OKR “Triumfator-M”) zenit-raketa tizimlarining yangi avlodiga kiradi. Bu raketaga qarshi mudofaaning kuchaytirilgan qobiliyati uzoq masofalarda harakatlanuvchi va balandliklarda tutish imkoniyatiga ega universal kompleksdir. Ushbu istiqbolli tizim nafaqat ballistik, balki aerodinamik nishonlarni (samolyot va vertolyotlar) va qanotli raketalarini ham yoʻq qilishga qodir.

Asosiy mavzular