19:47 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
283 0 0

Boshqa mamlakatlardan Rossiyaga parvozlar taqiqining avgustgacha uzaytirilishini Fuqaro aviatsiyasining “Aeroport” uyushmasi bosh direktori Viktor Gorbachev izohladi.

Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) chet eldan Rossiyaga parvozlar taqiqini avgustgacha uzaytirdi. Idora telegrammasi koʻproq texnik xususiyatga ega, chunki chet elliklarning mamlakatga kirishni taqiqlash toʻgʻrisidagi qaror hukumat tomonidan qabul qilingan.

Fuqarolik aviatsiyasi “Aeroport” uyushmasining bosh direktori Viktor Gorbachev taʼkidlashicha, parvozlarni taqiqlash toʻgʻrisida qarorni Rosaviatsiyaning oʻzi mustaqil ravishda qabul qilmagan.

“Bu Roaviatsiyaning mustaqil qarori emas. Bu yerda Rospotrebnadzor ham bor - bu birinchisi, ikkinchisi – mamlakatlarning oʻzlari ham hali ochilmaganligi. Ertaga barcha mamlakatlar ochilgani haqida xabar kelishi bilanoq barcha samolyotlar ucha boshlaydi”, - dedi Gorbachev Sputnik efirda.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, Yevropa mamlakatlari xalqaro reyslarning tiklanishini hanuzgacha aniqlaganlari yoʻq.

"Kimdir ochdi, kimdir yoʻq, qolganlari esa yopiqku ahir. Shu jumladan, janubiy-sharqiy yoʻnalishlar - Xitoy, Vyetnam, Kambodja. Ha, samolyotlar uchmoqda, qandaydir reyslar bor. Masalan, markaziy shaharlar va poytahtlarga, ammo u yerga kim uchadi? Diplomatlar, fuqaroligi bor yoki qoʻshma fuqaroligi boʻlganlar, u yerda qandaydir mulkka ega boʻlganlar, ammo u yerga boshqa hech kimni kiritmaydilar”, - deya tushuntirdi u.

Gorbachevning fikricha, parvozlar tiklanishi yoz oxiriga yuz beradi.

“Oʻylaymanki, parvozlar ozmi-koʻpmi, avgust oyidan keyin boshlanadi, aytaylik, ehtimol sentyabr oyining oxiri - oktyabrda. Barchasi ularda karantin holatlari qanday kechayotganiga bogʻliq boʻladi”- deb tahmin qiladi mutaxassis.

“Aeroport” uyushmasi bosh direktori, aviatsiya koronavirus pandemiyasi tufayli ogʻir kunlarni boshidan kechirayotganini taʼkidladi.

“Fuqaro aviatsiyasi eng chuqur tubanlikda. Butun soha. Samolyotlar aeroportlarni ham, aviakompaniyalardan parvozlar uchun pul oladigan Havo harakati boshqaruvini ham ortidan tortib ketdi. Shu qatorda aviaremont zavodlari toʻhtagan, chunki harakat yoʻq. Fuqarolik aviatsiyasida yagona narsa ishlamoqda, bu ham taʼlim muassasalari”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Gorbachevning taʼkidlashicha, bugungi kunda fuqarolik aviatsiyasining jaʼmi hajmidan atigi 10 foizi ishlamoqda, qolgan 90 foizi muzlatilgan va toʻxtatilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)

Asosiy mavzular