06:13 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
40110

Ushbu holatlar aniqlangach, Buyuk Britaniyadagi qator supermarketlar, shu jumladan, Waitrose, Ocado, Co-op va Boots maymunlar qullik mehnati orqali yetishtirilgan mahsulotlarni sotishan bosh tortishlarini maʼlum qilishgan.

TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. Buyuk Britaniyaning qator yirik supermarketlari maymunlarning "qullik" mehnati mahsuli boʻlgan tovarlarni doʻkonlar rastalaridan olib tashlashga qaror qildi. Bu haqda Telegraph gazetasi Hayvonlar huquqlar uchun kurashuvchi xalqaro tashkilot (PETA) osiyo boʻlimiga tayangan holda xabar bermoqda.

PETA hayvonot dunyosi himoyachilari oʻtkazgan tadqiqotlar davomida, Tailandda choʻchqadumli yovvoyi makakalardan daraxtlardan kokoslarni terib olishda foydalanilgani aniqlandi. Jonivorlar qochib ketmasligi uchun eski shinalarga zanjirband qilingan yoki tor kataklarda saqlangan. Kataklar maymunlar tanasi kattaligida boʻlib, bundan tashqari, tishlamasligi uchun jonivorlarning tishlari ham uzib tashlangan.

Ushbu holatlar aniqlangach, Buyuk Britaniyadagi qator supermarketlar, shu jumladan, Waitrose, Ocado, Co-op va Boots maymunlar qullik mehnati orqali yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan bosh tortishlarini maʼlum qilganlar.

"Waitrose & Partners" PETAning kokos sanoatida maymunlar mehnatidan foydalanish holatiga chek qoʻyish boʻyicha maqsadini qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.

"Hayvonlar muhofazasi boʻyicha olib boradigan siyosatimiz doirasida shu paytdan eʼtiboran maymun mehnati orqali olinadigan mahsulotlarni sotmaslik majburiyatini olamiz", - degan kompaniya menejeri Jon Gregson.

Asosiy mavzular