06:49 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
858 0 0

Oldinroq New York Times amerika razvedkasidagi anonim manbalariga tayanib, RF harbiy razvedkasi toliblarga aloqador jangarilarga Afgʻonistondagi amerika soldatlariga hujum uchun mukofot puli taklif etgani haqida maqola eʼlon qilgan edi

TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Rossiyani toliblar bilan til biriktiruvda ayblayotgan AQSH razvedkasi narkotrafikka aralashgan, bu Qobuldagi har bir afgʻonga ayon, deb bayonot qildi RF Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili, Rossiya TIVning Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov "Rossiya-1" telekanaliga bergan intervyusida.

"Oʻsha yerdagi loyihalardan ajratiladigan son-sanoqsiz ulushlar biznikilarni narkotrafikda ayblayotgan ajabtovur amerikalik razvedkachilar ishtiroki tufaylidir. Ularning samolyotlari Qandahor va Bagramdan hech qanday tekshiruvsiz istalgan tomonga - istasa Germaniyaga, istasa Ruminiyaga qarab uchadi. Albatta, shunday biznes-ku. Qobulda istalgan afgʻon sizga bu haqda gapirib berishi mumkin, hatto, eng dangasasi ham bu mavzuda gapirishga tayyor. Bu hammaga ayon boʻlgan sir koʻpchilikning joniga tegib boʻlgan. Barcha bu holatga allaqachon qoʻl siltagan", - dedi Kabulov.

Oldinroq New York Times amerika razvedkasidagi anonim manbalariga tayanib RF harbiy razvedkasi toliblarga aloqador jangarilarga Afgʻonistondagi amerika soldatlariga hujum uchun mukofot puli taklif etgani, AQSH prezidenti Donald Tramp bu haqda xabardor etilgani haqida maqola eʼlon qilgan edi.

Holat boʻyicha dalillar taqdim etilmagan.

AQShdagi RF elchixonasi sal oldin Rossiya va Afgʻoniston haqidagi xabarlardan soʻng diplomatlar nomiga kelib tushayotgan tahdidlar tufayli mamlakat hukumatidan bu holatga adekvat reaktsiya bildirishni talab qilgan. RF TIV ommaviy axborot vositalarida chop etilgan xabarlarni "feyk", deya atadi. Tramp ushbu maqolani "buyurtma", deb hisoblashini maʼlum qildi.

Demokratlar Rossiya va toliblar "til biriktiruvi" haqida razvedka hisobotini talab qilmoqda >>>

Oq uy, Pentagon va AQSH razvedkasi ushbu xabarlar hozircha oʻz tasdigʻini topmagani va Tramp bu haqda ogohlantirilmagani haqida bayonot bermoqda.

Trampga koʻra, Rossiyaning toliblar bilan til biriktiruvi oʻzi va Respublikachilar partiyasiga ziyon yetkazish uchun oʻylab topilgan.

Asosiy mavzular