02:30 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
53211

Gap gidroksixloroxin (bezgakka qarshi dori), lopinavir va ritonavir (OIVni davolashda qoʻllaniladi) haqida bormoqda.

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusga qarshi 3 ta dori sinovini toʻxtatdi. Bu haqda JSST matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Gap gidroksixloroxin (bezgakka qarshi dori), lopinavir va ritonavir (OIVni davolashda qoʻllaniladi) haqida bormoqda.

Qaror Birdamlik sinovlari Xalqaro boshqaruv qoʻmitasining tavsiyasiga binoan qabul qilingan.

Ushbu dorilar hamda remdesivir va interferon sinovlari mart oyidan buyon oʻtkazilayotgan edi. Unda 4,5 mingdan ziyod koʻngillilar ishtirok etishgan. Sinovlarning dastlabki natijalari gidroksixloroxin va lopinavir/ritonavir koronavirus bilan kasallanganlar orasida oʻlim holatlarini kamaytirmasligini koʻrsatgan. 

Eslatib oʻtamiz, Rossiyadagi birinchi COVID-19 koronavirus infektsiyasiga qarshi dori “Avifavir” mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan maʼqullangan edi.

Asosiy mavzular