21:16 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
518 0 0

JSST bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan tashkilot COVID-19 ga qarshi Rossiya vaktsinasiga qiziqish bildirayotganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) COVID-19 ga qarshi Rossiya vaktsinasiga qiziqish bildirmoqda.

“Biz avifavir (koronavirusga qarshi dori – tahr.) sinovlari oʻtkazilayotganidan xabardormiz. Ikki yoki uchta dori sinovlari oʻtkazilmoqda, shunday ekan natijalarini kutmoqdamiz. Biroq, bundan tashqari, Rossiya vaktsinasiga ham qiziqish bildirmoqdamiz”, - dedi RIA Novostiga JSST bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan.

Sumiya Svaminatan JSSTning vaktsina ishlab chiqarish uchun “Birdamlik sinovlari” loyihasi borligini taʼkidlagan va Rossiya olimlari hamkorlik qilishga rozi boʻlishiga umid bildirgan.

Hozirda Rossiya “Birdamlik sinovlari” loyihasida ishtirok etmaydi. Loyihaga AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy va Frantsiya ham qoʻshilmagan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyada sinovdan oʻtayotgan uch xil vaktsina oʻz samaradorligini koʻrsatgan. Bundan tashqari, koronavirusga qarshi yana bir vaktsinaning klinik sinovlari oʻtkazilmoqda.

Teglar:
vaktsina, JSST, koronavirus, Rossiya

Asosiy mavzular