07:03 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
24710

Nasroniylar uchun timsoliy boʻlgan ibodatxonaning betaraf maqomini saqlab qolish - kelajakda dinlararo tinchlik va rozilikni mustahkamlash uchun xizmat qiladi - patriarx Kirill.

TOSHKENT, 6 iyul – Sputnik.  Moskva va butun Rus patriarxi Kiril Turkiya hukumatiga Istanbuldagi Ayo Sofiya ibodatxonasini muzey maqomida saqlab qolishni soʻrab murojaat qildi. RT xabariga asosan.

“Men Turkiya davlat yetakchisining mulohazakorlik bilan ish qilishiga umid qilaman. Nasroniy madaniyati durdonalaridan biri va dunyodagi millionlab nasroniylar uchun timsol boʻlgan ibodatxonaning hozirgi betaraf maqomini saqlab qolish - kelajakda uning Rossiya va Turkiya xalqlari orasidagi munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishiga hamda dinlararo tinchlik va rozilikni mustahkamlash uchun xizmat qiladi”, - deyilgan patriarx Kirill bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Turkiya Oliy maʼmuriy sudi Ayo Sofiya ibodatxonasi maqomini oʻzgartirish masalasini koʻrib chiqqan edi. Uning natijasida Turkiya sudi ibodatxona maqomini masjid deb oʻzgartirish mumkin deb topgan va buning uchun faqat prezident farmoni kerak degan edi.

Maʼlumot uchun, Ayo Sofiya ibodatxonasi Vizantiya imperiyasi davrida 532-537 yillarda qurilgan va 1000 yildan ortiq davr mobaynida nasroniylar uchun bosh ibodatxona boʻlgan. 1453 yilda Konstantinopol (Istanbul) Usmoniylar imperiyasi tomnidan zabt  etilganidan soʻng ibodatxona musulmon masjidiga aylantirilgan. Aylantirish jarayonida uning toʻrt tomonida toʻrtta minora qurilgan va ichidagi noyob freskaya va bezaklari ustiga suvoq surkalgan. Shuningdek uning ichdagi ustunlariga Qurʼon suralari yozilgan ulkan peshtaxtatalar osilgan.

1935 yilda Mustafa Kamal Otaturk rahbarlik davrida masjidga betaraf maqom berilib u muzeyga aylantirilgan. Ibodatxonaning ichki suvoqlari tozalanganda ularning ostida Vizantiya davridagi freskaya va mozaikalar juda yaxshi saqlanib qolgani maʼlum boʻlgan. Ayni damda Ayo Sofiya YUNESKOning  Jahon madaniyati durdonalari roʻyxatiga kiritilgan va yiliga millionlab turistlarni jalb qilmoqda.

Asosiy mavzular