17:42 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
578 0 0

Dunyodagi eng qudratli “Rossiya” atom muzyorar kemasi qurilishi 6 iyul kuni boshlandi. Kemani 2027 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Primorsk oʻlkasi Bolshoy kamen shahridagi kemasozlik korxonasida dunyodagi eng qudratli “Rossiya” atom muzyorar kemasi qurilishi boshlandi. Bu haqda “Rosatom” matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Rosatomflot va “Zvezda” kemasizlik majmuasi oʻrtasida imzolangan shartnoma shartlariga muvofiq kemani 2027 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

“10510 kema loyihasining muqobili yoʻq. Nodir atom muzyorari Arktikaning sharqida unga yil boʻyi kemalarni muzliklardan olib oʻtishini taʼminlashga imkon beradigan alohida texnik xususiyatga ega”, - dedi Rosatomflot bosh direktori Mustafa Kashka.

Atom muzyorarining asosiy xususiyatlari: quvvati: 120 MVt, tezligi – 22 uzel (toza suvda), uzunligi – 209 metr, kengligi – 47,7 metr, muzni yorib oʻtish – 4 metr.

Teglar:
Rossiya

Asosiy mavzular