17:55 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
472 0 0

Ishonchim komilki, bosim davom etadi, ammo u hech qanday natijaga olib kelmaydi. Turkiya bu masalada oʻz manfaatlarini juda yaxshi tushunadi - mutaxasis fikri.

TOSHKENT, 6 iyul - Sputnik. Harbiy mutaxassis va “Natsionalnaya oborona” jurnalining bosh muharriri Igor Korotchenko, AQSH boshidanoq Turkiya va RF oʻrtasida shartnoma imzolanishiga toʻsqinlik qilish uchun koʻp harakat qilganini eslatdi.

Uning soʻzlariga koʻra, usullarning turli xili ishlatildi - tahdidlar va qoʻrqitishlar, deb yozadi Sputnik Litva.

“Turkiyaga S-400 oʻrniga Yevropa va Amerika oʻzining zenit-raketa tizimlarini sotishga koʻplab urinishlar boʻldi. Iqtisodiy sanktsiyalar va siyosiy bosim, tahdid va qoʻrqitishlar arsenali juda katta boʻlgan, - deydi Korotchenko.

Anqara esa, bu masala boʻyicha oʻzini ehtiyotkor tutib, amerikaliklarning maqsadlari va oʻzining manfaatlarini juda yaxshi farqlay oldi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bir necha bor oʻz mamlakati S-400 tizimlariga muhtojligini ochiqchasiga taʼkidladi.

Turkiyaga bosim oʻtkazishning eng soʻnggi bosqichi yaqinda maʼlum boʻldi. AQSH senatori Djon Tyun Vashington va Anqara oʻrtasidagi Rossiya zenit-raketa tizimlari boʻyicha ziddiyatlarni hal qilish “usulini” oshkor etdi. U AQSH mudofaa byudjetiga ushbu tizimlarni Turkiyadan sotib olish mumkinligini nazarda tutuvchi tuzatishlarni kiritdi. 

AQSH uchun, NATOga aʼzo mamlakat ularning qurolidan voz kechgani, albatta, yoqimsiz, dedi Korotchenko.

“Bu Vashingtonning ulkan muvaffaqqiyatsizligi. Ishonchim komilki, bosim davom etadi, ammo u hech qanday natijaga olib kelmaydi. Turkiya bu borada juda ehtiyotkor va amerikaliklarning maqsadi va oʻzlarining manfaatlarini juda yaxshi tushunadi”, - deydi mutaxassis.

Korotchenko: SSHA obidno, chto Turtsiya otkazalas ot Patriot i vыbrala S-400

 

Asosiy mavzular