06:20 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
391 0 0

Daniya hukumati oʻz hududiy suvlarida “Shimoliy Oqim-2”ni yangi kemalar yordamida bitkazishga ruxsat berdi.

TOSHKENT, 6 iyul - Sputnik. Daniya Energetika agentligi (DEA) Nord Stream 2 AG-ga oʻz suv hududida “Shimoliy Oqim-2”ni langarli joylashish tizimiga ega quvur yotqizadigan kemalar yordamida bitkazishga ruxsat berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nazoratchi idoraga tayanib.

Endi yangi kemalardan alohida va dinamik joylashish tizimi bilan jihozlangan kemalar bilan birgalikda foydalanish mumkin. Taʼkidlanishicha, qurilishni Daniya ruxsati boʻyicha shikoyat qiritish muddati tugagungacha – 3 avgustgacha boshlab boʻlmaydi.

Nord Stream 2 AG ushbu loyiha Daniya pozitsiyasi va atrof-muhitga taʼsiri hisobga olingan holda amalga oshirilishini maʼlum qildi. Operator taʼkidlashicha turli xil variantlarni koʻrib chiqilishi davom etmoqda va qurilish rejalari haqida “oʻz vaqtida” habardor qilishga vaʼda berdi.

Daniya ilgari Baltika dengizining tubida portlamay qolgan oʻq-dorilarga tegishi mumkin boʻlgan langarli joylashuviga ega kemalar ishlatilishini taqiqlagan edi.

Gaz quvurini qurilishi

“Shimoliy Oqim-2” Rossiya qirgʻoqlaridan Baltika dengizi orqali Germaniyaga oʻtadigan ikkita quvur qurishni nazarda tutadi. Oʻz suyultirilgan gazini Yevropada ilgari surayotgan AQSH, hamda Ukraina va bir qator Yevropa davlatlari ushbu loyihaga qarshi faol chiqmoqda.

Oʻtgan yil oxirida AQSH mudofaa byudjetini qabul qilganidan soʻng quvur yotkizish ishlari toʻxtatildi. Unga “Shimoliy Oqim-2”ni qurishda ishtirok etgan kompaniyalarga qarshi sanktsiyalar kiritilgan. Shunda gaz quvurini yotqizish bilan shugʻullangan, Shveytsariyaning Allseas kompaniyasi oʻz faoliyatini toʻxtatdi.

AQSH sanktsiyalari

Avvalroq AQShning Vakillar palatasida gaz quvuri loyihasiga qarshi sanktsiyalarni kuchaytirilishini koʻzda tutuvchi qonun loyihasi kiritilgan edi. Bundan tashqari, iyun oyining boshida AQSH Senatiga “Shimoliy Oqim-2”-ga qarshi yana bir qonun loyihasi kiritildi. U gaz quvurini yotqizish bilan shugʻullanayotgan kemalarning sugʻurtalovchilariga nisbatan sanktsiyalar joriy qilishni taklif qilmoqda.

Germaniya hukumati Oq uy gaz quvuriga nisbatan qoʻshimcha sanktsiyalar tahdidini amalga oshirsa, javob tayyorlashga vaʼda berdi. Germaniya Iqtisodiyot vazirligining ichki hujjatiga koʻra, AQShning yangi sanktsiyalari Yevropaning koʻplab kompaniyalari va banklariga, shuningdek hukumat tashkilotlariga taʼsir qilishi mumkin. Bunga javoban Merkel hukumati YEIning muvofiqlashtirilgan harakatlar rejasini koʻrib chiqmoqda.

Asosiy mavzular