07:42 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
241 0 0

Sooronbay Jeenbekov mamlakat Xavfsizlik yigʻilishi kengashida viloyatlararo transport harakatini vaqtincha toʻxtatish va toʻylarni taqiqlashni taklif qildi.

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat Xavfsizlik yigʻilishi kengashida viloyatlararo transport harakatini vaqtincha toʻxtatish va toʻylarni taqiqlashni taklif qildi.

“Tarozi toshiga aholi salomatligi va iqtisodiy xavfsizlik qoʻyilganda, biz karantin eʼlon qildik va sabr bilan favqulodda holat rejimiga rioya qildik. Bu rejim olib tashlangandan keyin kasallanish keskin oʻsdi, koronavirus natijasida esa koʻplab aholimiz pnevmoniyadan aziyat chekmoqda”, - dedi Jeenbekov.

Shuningdek, u avvalroq tantanali tadbirlarni taqiqlash toʻgʻrisida taklif kiritganini eslatib oʻtdi va respublika shtabini bu borasida oʻz nuqtai nazarini aniq belgilashga chaqirdi.

“Men Jogorku Kenesh yigʻilishida ommaviy tantanali tadbirlarni rasman taqiqlash iltimosi bilan murojaat qilgan edim. Oʻylaymanki, bu masala borasida alohida rasmiy qaror qilinishi toʻgʻri boʻladi”, - dedi Qirgʻiziston rahbari.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Qirgʻizistonda 7 691 ta koronavirus holati qayd etilgan. Shundan 2 843 bemor tuzalib ketgan. 92 kishi virus qurboniga aylangan. Bundan tashqari, kasalxonaga koʻplab kishilar pnevmoniya bilan yotqizilmoqda. Mart oyidan buyon 195 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan.

Teglar:
Qirgʻiziston, koronavirus

Asosiy mavzular