22:45 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Dunyoda
Havola olish
33010

Qirq besh yoshli yaponiyalik Jenichi Mitsuxasi dunyoda birinchi marta nindzya-magistri diplomini qoʻlga kiritdi.

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Qirq besh yoshli yaponiyalik Jenichi Mitsuxasi dunyoda birinchi marta nindzya-magistri diplomiga sazovor boʻldi. Bu haqda Japan Times xabar qildi.

Erkak birinchi nindzya - klanining tarixiy vatanida joylashgan - Mi universiteti aspiranturasida ikki yil davomida tahsil oldi. U hujjatlarni oʻrganib, maʼruzalarni tingladi va "jang sanʼati amaliy jihatlarini toʻliq oʻrgandi".

"Nindzyalar ertalab dehqonchilik qilishini, tushdan keyin esa jang sanʼati bilan shugʻullanishlarini oʻqidim. Men nafaqat koʻp mashq qildim, balki sabzavot ham yetishtirdim. Qora kiyimli yollanma qotillar har tomonlama omon qolish qobiliyatiga ega boʻlganlar", - dedi Mitsuxasi.

U kung fu va serinji-kempo nomi bilan tanilgan yapon jang sanʼatini oʻrgandi. Endi usta boshqalarga ninzya mahoratini oʻzining shaxsiy dojosida oʻrgatmoqda (yapon jang sanʼati boʻyicha mashgʻulotlar, musobaqalar va imtihondan oʻtkazish joyi), mahalliy mehmonxonani boshqaradi va bir vaqtning oʻzida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlaydi.

2017 yilda Mi universitetida dunyoda birinchi nindzya tadqiqot markazini tashkil qilindi va bir yildan soʻng magistratura ochildi. Yaponiya tarixi professori Yuji Yamada Mitsuxasining oʻz vazifasiga sodiqligini alohida eʼtirof etdi.

Oliygohga oʻqishga kirish uchun talabalar Yaponiya tarixi va tarixiy hujjatlarni oʻqish qobiliyatiga ega boʻlishi boʻyicha imtihondan oʻtadi. Taʼlim muassasasi rahbari taʼkidlashicha, har yili faqat uch nafar  abituriyent oʻqishga kiradi.

Asosiy mavzular