13:54 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
603 0 0

Olimlar butun dunyo boʻylab jazirama issiqlik toʻlqinlarining chastotasi va kuchli keskin oʻsishi roʻy berayotganini aniqladilar.

TOSHKENT, 7 iyul - Sputnik. Yerning barcha mintaqalarida jaziramaning halokatli koʻtarilishi qayd etildi. Bu haqda Nature Communications jurnali Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari tadqiqotiga tayangan holda yozmoqda.

Mutaxassislar butun dunyo boʻylab issiqlik toʻlqinlarining chastotasi va kuchining keskin oʻsishini aniqladilar.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, Avstraliyada soʻnggi 70 yil davomida barcha yoz davrlarida kumulyativ issiqlikka (graduslar yigʻindisi normadan yuqori) qoʻshimcha 80°C qoʻshilgan. Sibir va Oʻrta yer dengizi mintaqasida koʻrsatkich kamida 200°Cga oʻzgargan.

Bundan tashqari, nafaqat issiqlik toʻlqinlar chastotasi koʻtarilmoqda, balki tendentsiya tezlashishi ham roʻy bermoqda.

Taʼkidlanishicha, har 10 yilda kumulyativ issiqlik taxminan 1°C dan 4,5°C gacha koʻtariladi.

Yaqin Sharq, Afrika va Janubiy Amerika kabi mintaqalarda bu koʻrsatkich oʻn yil ichida birdaniga 10°Cga koʻtarildi. Oʻsish issiq davrlarning davomiyligiga bogʻliq.

Olimlarning taʼkidlashicha, tadqiqot natijalari global isishning tezlashishini koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, issiqlikning tezlashishidan birinchi navbatda infratuzilmasi rivojlanmagan davlatlar aziyat chekadilar.

Asosiy mavzular