02:18 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
185 0 0

Delivery Club taom yetkazib berish xizmati kuryerlari maosh toʻlanmayotgani tufayli ish tashlashni eʼlon qildi.

TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Moskvada Delivery Club taom yetkazib berish xizmati kuryerlari maosh toʻlanmayotgani tufayli ish tashlashni eʼlon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Rossiya Tergov qoʻmitasining Moskva boʻyicha bosh tergov boshqarmasi vakili Yuliya Ivanovaning soʻzlariga koʻra, tergovchilar surishtiruv ishlarini boshlab yuborishgan.

“Turli maʼlumotlardan maʼlum boʻladiki, kompaniya rahbariyati 2020 yilning may oyidan hozirga qadar 30 nafardan kam boʻlmagan xodimlarga ish haqini toʻlamagan”, - dedi Ivanova.

Ushbu kompaniya xodimlari 4 iyul kuni “Yutub”ga video murojaat joylashtirib, ish haqi toʻlanmayotganidan shikoyat qilishgan.

Teglar:
migrantlar, Moskva

Asosiy mavzular