Tojikistonda 17 ta tosh yutib yuborgan askar ikki yilga qamaldi

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston hukumati qoshidagi Maxsus mulk bilan ta’minlash agentligi harbiy qismlaridan birining askari harbiy xizmatdan o‘tishdan ozod qilinishi uchun 17 ta toshni yutib yubordi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Tojikistonda harbiy xizmatchi kasal deb topilishi uchun 17 ta toshni yutib yubordi, sud uni harbiy majburiyatlarni bajarishdan bosh tortgani uchun 2-yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar qildi Dushanbe garnizon harbiy sudi matbuot xizmati.

Pokazaniya seysmografa - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonning qator hududida sezildi

"Tojikiston hukumati huzuridagi maxsus mulk bilan ta’minlash agentligi harbiy qismlaridan birining askari Otabek Ibragimov kasal deb topilishi va xizmatdan ozod etilishi uchun 17 ta toshni yutib yubordi", - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, Ibragimov o‘tgan yilning noyabr oyida armiyaga chaqirilgan, ammo bir oydan keyin u 7 ta toshni yutib yubordi va Tojikiston Mudofaa vazirligi markaziy harbiy gospitalining jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan. Bir hafta o‘tgach, u gospitalda bo‘lganda yana 10 ta toshni yutib yubordi.

"Dushanbe garnizonining harbiy sudi tomonidan Ibragimovni Jinoyat kodeksining 376-moddasi "O‘ziga qasddan jarohat yetkazish yo‘li bilan harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish" bo‘yicha aybdor deb topildi va u ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi", - deyilgan sud xabarida.

Yangiliklar lentasi
0