23:29 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Dunyoda
Havola olish
181310

Gʻarb olimlari, koronavirus immuniteti kasallik yengil kechgan bemorlarda vaqt oʻtishi bilan yoʻqolib ketishi mumkinligini aniqlashdi.

TOSHKENT, 8 iyul - Sputnik. COVID-19 kasallanib chiqqan baʼzi bemorlarda vaqt oʻtishi bilan tanasida antitanachalar yoʻq boʻlib ketishi mumkin. Bunday hulosaga Ispaniya milliy epidemiologiya markazi mutaxassislari boshchiligidagi xalqaro olimlar guruhi keldi, deya xabar beradi RadioSputnik “Biznes Online”ga asosan.

Olimlar oʻtkazgan tadqiqot davrida Ispaniyaning 61075 aholisi antitanachalarga  test topshirdi, baʼzilariga esa mikrozarrachalarga xemilyuminestsent immunotahlil yordamida sinovlar oʻtkazildi. The Lancet tibbiy jurnalida chop etilgan tajriba natijalariga koʻra, Ispaniya pandemiyadan eng koʻp aziyat chekkan mamlakatlardan biri boʻlishiga qaramay, bemorlarning atigi 4,6-5,2 foizida antitanachalar ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari, ilgari antitanachalari aniqlangan boʻlgan bemorlarning 14 foizida, ikki oy oʻtgach, ular topilmadi. Koʻpincha antitanachalar, COVID-19ning yengil shaklini yoki umuman alomatsiz oʻtkazgan odamlarda yoʻqoladi. Reding Universitetining virusologiya professori Ien Djonsning tushuntirishicha, kasallik alomatsiz kechishida organizm “immunologik xotirani” yaratishga qodir emas. Unga koʻra, antitanachaga testning ijobiy natijasi boʻlgan bemorlar yana infektsiyaga chalinishi mumkin.

Shu bilan birga, olimlar immunitet shakllanishi bilan geografik joylashuv oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqladilar: katta megapolislar hududida antitanachalari bor odamlarning nisbati mos ravishda 10% va 7% dan oshdi, ammo dengiz boʻyida yashovchi aholisi orasida bu 3% dan kam chiqdi.

Tadqiqotda aytilishicha, tibbiyot hodimlarida antitanachalar oddiy odamlarnikidan ikki marotaba koʻproq aniqlangan. Hammadan kamroq - 10 yoshgacha boʻlgan bolalarda. Qonida antitanachalari aniqlanganlarning uchdan biri alomatlarsiz ogʻrigan, shuningdek mutaxassislar, kasallanish va jins oʻrtasidagi bogʻliqlikni ham aniqlamadilar.

Mutaxassislar koronavirus vaktsinasi immunitet tizimining tezkor reaktsiyasini keltirib chiqarishi uchun yetarlicha kuchli boʻlishi kerak, degan xulosaga kelishdi, aks holda odamlar muntazam ravishda inʼyektsiya qilishlari kerak boʻladi. Bundan tashqari, infektsiyaga qarshi kurashda kollektiv immunitetning shakllanishiga tayanib boʻlmaydi, chunki baʼzi davolanib chiqqanlar yana yuqtirishi mumkin.

Avvalroq Sputnik radiosi olimlar koronavirusning miya ishiga taʼsirini aniqlaganini xabar qilgandi.

Asosiy mavzular