Seul meri o‘limi oldidan yozgan xatining mazmuni oshkor qilindi

© Assotsiatsiya koreyskix kulturnix sentrov UzbekistanaMer g.Seula g-n Pak Von Sun
Mer g.Seula g-n Pak Von Sun - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Juma kuniga o‘tar kechasi o‘lgan holatda topilgan Seul shahri meri Pak Von Sun o‘z o‘limidan oldin yozgan hatida u barcha fuqarolardan va o‘z oilasidan kechirishini va krematsiya qilishlarini so‘radi.

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Juma kuniga o‘tar kechasi o‘lgan holatda topilgan Janubiy Koreya poytaxti Seul shahri meri Pak Von Sun o‘z o‘limidan oldin yozgan xatida u barcha fuqarolardan va o‘z oilasidan kechirishini va krematsiya qilishlarini so‘radi, deb xabar bermoqda Ronxap agentligi.

Usilenie sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy va Yaponiyadagi ikkinchi to‘lqin: nega dunyo COVID-19dan qutulolmayapti?

Agentlik xabar berishicha, juma kuni shahar ma’muriyatidagi manba shahar meri jasadi keltirilgan va xotirasi yod olinadigan joy tashkil etilgan Seul universiteti kasalxonasida hat mazmunini berib yuborgan.

Hokimning o‘limdan oldin yozilgan xati payshanba kuni rasmiy qarorgohidagi ofisidagi stoldan topilgan.

“Men hammaning oldida aybdorman. Hayotim davomida men bilan yurganlarning barchasiga rahmat. Men har doim oilam oldida o‘zimni aybdor his qilaman, ularga og‘riqdan boshqa hech narsa berolmadim. Meni krematsiya qilib, kulni ota-onamning qabri ustida seping. Hammangizga alvido”, - deyiladi hatda.

Payshanba kuni kechqurun shahar meri qizi otasi g‘oyib bo‘lganini e’lon qilib, otasi uyidan 4-5 soat oldin “vasiyatnomaga o‘hshash hat qoldirib” uydan ketganini va telefonini o‘chirib qo‘yganini aytdi. Seul shahar ma’muriyati ham, shuningdek, Pak Von Sun “muqarrar vaziyatlar” sababli butun kun jadvalini bekor qilganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng politsiya dronlar va itlaridan foydalangan holda keng ko‘lamli qidiruv ishlarini boshladi.

Oltmish to‘rt yoshli Pak Von Sun yarim tunda, Seul markazidagi rasmiy qarorgohi yaqinidagi Pukaksan tog‘ida o‘lik holda topilgan. Politsiya zo‘ravonlik o‘lim belgilari yo‘qligini ma’lum qildi va shahar meri o‘limining aniq sabablarini tekshirishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi.

Dafn marosimi dushanba kuni bo‘lib o‘tadi, u merning dafn marosimi uchun maxsus jadvalga muvofiq besh kun davom etadi. Odatda Janubiy Koreyada dafn marosimi uch kun davom etadi. Agentlik manbalarining xabar berishicha, Prezident Mun Chje In Pak Von Sunning dafn marosimiga gulchambar jo‘natishni rejalashtirmoqda. Shuningdek dafn marosimiga prezident ma’muriyati rahbari No Yen Min va prezidentning siyosiy masalalar bo‘yicha katta kotibi Kan Ni Chjun tashrif buyurishi kerak.

SBS telekanali politsiyadagi manbalariga tayanib xabar berishicha, bedarak ketgan Seul merining sobiq kotibi u g‘oyib bo‘lishidan bir kun oldin uning ustidan tegajog‘lik da’vosi bilan sudga murojaat qilgan. Qiz shahar meri bilan yozishmalar shaklida dalillarni taqdim etdi va undan tashqari boshqa jabrlanganlar ham borligini aytdi.

Renhap agentligi qayd etishicha, politsiya xodimlari bu ish bo‘yicha, shu jumladan sudga davo berilganligi bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdilar. Janubiy Koreya qonunlariga ko‘ra, shahar meri vafotidan keyin ish avtomatik ravishda tugatildi.

Pak Von Sun 2022-yilgi saylovlarda hukmron Birlashgan demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lishi mumkin edi.

U Seul meri sifatida 2011-yildan beri ishlab kelgan, chunki 2014 va 2018-yillarda qayta saylangan. Uning joriy muddati 2022-yilda tugashi kerak edi.

2021 yil aprel oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi mer saylovlarigacha Pak Von Sun uning o‘rnini ma’muriy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari So Chon Xep egallab turadi. Brifingda u shahar ma’muriyati Pak Von Sun belgilagan yo‘l va barcha ko‘zlangan qarorlarini davom ettirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0