07:56 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
62001

Sobiq SSSR hududidagi Gʻarb biolaboratoriyalari – bu raqib chegarasi yaqinida joylashtirilgan ommaviy qirgʻin qurolidir.

Belorussiyalik siyosatchi, xalqaro munosabatlar buyicha mutaxassis Dmitriy Belyakov Gʻarb mamlakatlari nima maqsadda sobiq SSSR huudida biolaboratoriyalar joylashtirayotganiga izoh berdi.

Mutaxassis fikriga koʻra, boshqa mamlakat hududida joylashtirilgan biologik laboratoriyalar – bu raqib chegarasiga yaqin masofada joylashtirilgan ommaviy qirgʻin qurolidir. Buni yaxshi tushunish kerak, - deydi Belyakov.

KXSHT hududida biolabaratoriyalar mavjudligiga, Gʻarb hamjamiyati, birinchi navbatda anglo-sakslarning axloqiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda,  juda jiddiy munosabatda boʻlish kerak. Britaniya, AQSH va Kanada boshqa millatlar farovonligini oʻziga maqsad qilib qoʻymaydi: butun dunyo tarixi bunga misol”, - dedi mutaxassis.

Belyakov aytishiga qaraganda, ushbu biolaboratoriyalar birinchi navbatda oʻzlari joylashgan hudud uchun xavfli. Chunki biror avariya oqibatida yuqori patogenli viruslar tashqariga chiqib ketsa, birinchi navbatda ularning taʼsirini ushbu mamlakatlar va ularning qoʻshnilari his qiladi.  

Xitoy bu borada 2013 yildan boshlab Britaniya talablariga zid ravishda oʻzining mustaqil siyosatini olib bora boshladi. Buning oqibatida Gʻarb mamlakatlari unga nisbatan iqtisodiy sanktsiyalar kiritdi.

Belyakov mulohazasini toʻliq Sputnik audiopodkastida tinglang. 

Politolog: biolaboratoriy Zapada ne doljno bыt na territorii stran ODKB

Asosiy mavzular