23:00 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Dunyoda
Havola olish
178030

Sechenov universiteti koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaktsina sinovlarini koʻngillilarda muvaffaqiyat bilan yakunladi.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Rossiya poytaxti Moskvada koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaktsina sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Sechenov universiteti koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaktsina sinovlarini koʻngillilarda muvaffaqiyat bilan yakunladi”, - dedi Sechenov universitetining translyatsion tibbiyot i biotexnologiya instituti direktori Vadim Tarasov.

Aniqlik kiritilishicha, koʻngillilarning birinchi guruhiga chorshanba, 15 iyul, ikkinchi guruhiga 20 iyul kuni javob beriladi. Biroq ular tibbiy kuzatuv ostida boʻlishda davom etadilar, chunki shifokorlar ularning immunitetiga baho berishlari kerak.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyada koronavirusga qarshi vaktsinaning yakuniy sinov bosqichi boshlangani xabar qilingan edi.

Teglar:
vaktsina, Rossiya, koronavirus

Asosiy mavzular