22:51 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1051)
276021

Dunyoga yangi koronavirus shtammining 3-chi toʻlqini tahdid solmoqda, u grippning tarqalishi bilan boshlanishi mumkin.

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Dunyoga koronavirusning yangi shtammining 3-chi toʻlqini tahdid solmoqda. Bu haqda amerikalik shifokor Chad Krilich Deutsche Welle telekanaliga bergan intervyuda maʼlum qildi.

Mutaxassisning fikriga koʻra, agar hukumat va fuqarolar xavfsizlik choralariga rioya qilmasa koronavirusni yuqtirib olishning yangi holatlari rekord darajaga koʻtarilishi mumkin.

Shifokor AQShda cheklovlar asta-sekin olib tashlash boshlaganida, may oyining oxirida infektsiyaning takroran paydo boʻlganiga eʼtibor qaratdi.

Krillichning fikriga koʻra, bunday holatlarga eʼtibor bermay boʻlmaydi, ular fonida yetarli miqdordagi himoya, test va dori-darmonlar bilan taʼminlash kerak.

Koronavirusning uchinchi toʻlqini grippning tarqalishi bilan boshlanishi mumkin, deb hisoblamoqda mutaxassis.

“Bu xuddi 3 aktli spektaklga oʻxshaydi, va biz hozir ikkinchisidamiz. Keyin uchinchisi boʻladi”, - dedi shifokor.

Krilich taʼkidlashicha, koronavirusning yangi toʻlqini turli omillarga, shu jumladan vaktsina ixtiro qilinishi va aholi tomonidan sanitariya-epidemiologiya choralariga rioya qilishiga bogʻliq.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1051)

Asosiy mavzular