14:05 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
844 0 0

Xitoy oʻz ichki ishlariga aralashgan, AQSH senatorlari va kongressmenlariga qarshi javob sanktsiyalarini kiritdi.

TOSHKENT, 13 iyul - Sputnik. Xitoy, AQSH senatorlari va kongressmenlariga qarshi jazo choralarini kiritmoqda bu haqida XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin xonimga asosolanib RIA Novoosti xabar bermoqda.

Avvalroq AQSH Xorijiy aktivlarni boshqarish boshqarmasi Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom viloyatining (SUAR) jamoat xavfsizligi boshqarmasiga nisbatan inson huquqlarini buzganligi uchun sanktsiyalar joriy etgan edi. Cheklovlar AQShda qabul qilingan “Global Magnitskiy” qonuni asosida kuchga kirdi. Hujjat inson huquqlarining buzilishi munosabati bilan sanktsiyalar kiritilishini nazarda tutadi.

Cheklovlar Xitoy amaldorlariga, xususan, Markaziy Komitet Siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uygʻur avtonom viloyati partiya qoʻmitasi kotibi Chen Tsyuango, xavfsizlik boshqarmasi partiya kotibi Xo Lyutszyun, SUAR hukumati raisining oʻrinbosari Van Minshan va viloyatning partiya rahbarlaridan biri Chu Xaylunlarga taʼsir qildi. Roʻyxatdagi shaxslarning AQShning yurisdiktsiyasiga kiruvchi aktivlari va tashkilotlari faoliyati muzlatib qoʻyildi, shuningdek, amaldorlar bilan biznes aloqalar va ularning AQShga kirishi taqiqlandi.

“AQShning ushbu noqonuniy harakatlariga javoban, Xitoy bugun AQSH Kongressining Xitoy ishlari boʻyicha qoʻmitasiga, AQSH Davlat departamenti Xalqaro diniy erkinliklar boʻyicha elchisi Sem Braunbekka, senatorlar Marko Rubio va Ted Kruzga, shuningdek kongressmen Kris Smitga qarshi sanktsiyalar joriy etishga qaror qildi”, - deb Xitoy rasmiy vakilining soʻzlarini keltiradi RIA Novosti.

Uning taʼkidlashicha, XXR AQShning Xitoy ichki ishlariga aralashishiga va xalqaro munosabatlarning asosiy printsiplarini buzishiga qatʼiy noroziligini bildiradi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyda uygʻurlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida qonunni imzoladi, u xitoylik amaldorlarga qarshi sanktsiyalar joriy qilinishini nazarda tutadi.

“2020 yilgi, uygʻurlar huquqlariga nisbatan siyosat toʻgʻrisidagi qonun” Xitoyning Shinjon mintaqasidagi baʼzi etnik musulmon ozchiliklarning inson huquqlarini qoʻpol ravishda buzilishini qoralaydi va (bir qator) boshqa maqsadlarni, shu qatorda ayrim chet elliklarga nisbatan sanktsiyalarni qoʻllash vakolatlarini ham oʻz ichiga oladi”, - deyiladi Oq uy bayonotida.

May oyida XXR Shinjon-Uygʻur avtonom viloyatida uygʻurlarga va boshqa musulmonlarga zulm oʻtkazishda xitoylik amaldorlarga cheklovlar qoʻyishga imkon beruvchi hujjat Kongressning har ikkala palatasi tomonidan maʼqullandi.

Avvalroq Sputnik  radiosi Tramp Xitoy rasmiylariga qarshi sanktsiyalar joriy etishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi.

Asosiy mavzular