AQShda ishlab chiqilgan vaksina birinchi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

Obuna bo‘lish
Vaksinaning keng ko‘lamldi klinik sinovlari 27-iyulda boshlanadi va unda 30 mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etadi.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. AQShning Moderna kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19ga qarshi vaksina birinchi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti New England Journal of Medicinega asosan.

“mRNA-1273” vaksinasi 45 nafar sinovchilarda tekshiruvdan o‘tkazildi. Uning natijalariga ko‘ra vaksina barchada kuchli immunitet paydo qilgan. Vaksina qo‘llanilishi natijasida paydo bo‘lgan immunitet COVID-19 bilan kassalanib-tuzalish natijasida paydo bo‘lgan immunitetdan bir necha barobar kuchliroq”, - deyilgan xabarda.

Moderna kompaniyasi vakili dotkor Tal Zaks aytishiga ko‘ra, mRNA-1273ning 100 mikrogrami optimal doza bo‘lib COVID-19 bilan kasallanish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.

Vaksinaning keng ko‘lamldi klinik sinovlari 27-iyulda boshlanadi. Unda 30 mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etadi. Ishtirokchilarning har biri 0,1 milligram miqdorida vaksina kiritiladi. 29 kundan so‘ng vaksina qayta kiritiladi, deyilgan xabarda.

Moderna kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu vaksina AQSh hukumati ko‘magi yordamida virus DNKsi ma’lum bo‘lganidan so‘ng 8 oy ichida ishlab chiqarilgan. Bu borada prezident Donald Tramp ushbu vaksina insoniyat tarixida eng qisqa vaqt ichida ishlab chiqarilgan vaksina bo‘ladi, degan edi.

Yangiliklar lentasi
0