08:38 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
173 0 0

Eron prezidenti koronavirus epidemiyasining ikkinchi toʻlqini boshlanganini eʼlon qildi va Respublika bundan oʻtib keta olishiga ishonch bildirdi.

TOSHKENT, 15 iyul - Sputnik. Eron koronavirusning may oyida boshlangan ikkinchi toʻlqinidan oʻtib keta oladi, dedi prezident Hasan Ruhoniy hukumat yigʻilishida. RIA Novosti xabariga asosan.

Uning soʻzlariga koʻra, may oyining oʻrtalarida boshlangan ikkinchi toʻlqin mamlakatning janubiy viloyatlariga taʼsir qildi. Birinchi toʻlqin esa, mamlakatning shimoliy va markaziy qismlariga taʼsir qildi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Eronda 262 mingdan ortiq koronavirusga chalinish holati qayd etilgan, 225 mingdan ortiq odam davo topgan va 13,2 ming kishi vafot etgan.

Avvalroq Sputnik radiosi Eron koronavirus qurbonlari soni boʻyicha rekordni eʼlon qilganini xabar qilgandi.

Asosiy mavzular