18:28 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
258 0 0

AQSH Afgʻonistonning Gilmend, Uruzgan, Paktika va Lagman viloyatlari hududidagi 5ta harbiy bazasini yopdi.

TOSHKENT, 16 iyul - Sputnik. AQSH Afgʻonistonning Gilmend, Uruzgan, Paktika va Lagman viloyatlari hududidagi 5ta harbiy bazasini yopdi, deb xabar qilmoqda Tolo news telekanali.

Ushbu amaliyot Vashington va "Tolibon" harakati orasida erishilgan tinchlik shartnomasidan soʻng amalga oshirildi.

"AQSH "Tolibon" bilan erishilgan kelishuvning birinchi qismini bajardi. Qoʻshinlar soni qisqartirildi va ular 5ta harbiy bazani tark etishdi. NATO qoʻshnlari ham tegishli nisbatda qisqartirildi", - dedi AQShning Afgʻoniston boʻyicha rasmiy vakili Zalmay Xalilzad. 

Ayni damda NATOning Afgʻonistondagi "Qatʼiy yordam" missiyasida 12 ming askar ishtirok etmoqda. Ulardan 8600 nafari AQSH qoʻshnlaridir.

Tinchlik shartnomasi AQSH ramiylari va Tolibon rahbariyati tomonidan Doxa shahrida 28 fevral kuni imzolangan edi. kelishuvga koʻra, Afgʻoniston rasmiy hukumati qamoqxonalardan 5 mingga yaqin Tolibon vakillarini ozod qilishi, "Tolibon" esa mingga yaqin asirlarni qoʻyib yuborishi kerak edi. 

Ushbu shartnomalar hozircha qisman bajarilmoqda. Afgʻoniston ichida esa turli radikal guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan zoʻravonliklar kamaygani yoʻq, deyilgan xabarda. 

 

Asosiy mavzular