21:24 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
61610

“Alfa-bank” tahlilchilari kuzda rubl qay darajagacha koʻtarilishi mumkinligini taxmin qilishdi. Avgust-sentyabr oylarida Rossiya Moliya vazirligi bozorda Markaziy bank orqali xorijiy valyutani sotishni davom ettiradi.

TOSHKENT, 16 iyul - Sputnik. Uchinchi chorakda rublni kuchayishi potentsiali kapital hisobning holatiga bogʻliq boʻladi, deb xabar qildi “Rossiyskaya gazeta” “Alfa-bank” tahlilchilari Natalya Orlova va Anna Kiyutsevskayaning maʼlumotiga asosan.

Iqtisodchilar taʼkidlashicha, rubl kelgusi oylarda mustahkamlanishi imkoniyatlari bor.

Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, dividend toʻlovlarining pasayishi tufayli rubl kursiga taʼsir xavfi pastroq boʻladi. Bundan tashqari, avgust-sentyabr oylarida Rossiya Moliya vazirligi bozorda Markaziy bank orqali xorijiy valyutani sotishni davom ettiradi.

“Nihoyat, kapitalning kirib kelishining katta ehtimoli Rossiya qarz bozorida joylashtirishning oʻsishi bilan bogʻliq - Moliya vazirligining qarz olishga boʻlgan ehtiyojining oʻsishi koʻproq horijiy investorlarni jalb qilishi mumkin, ayniqsa ular (horijiy investorlar-tahr.) rivojlanayotgan bozorlarga oʻz munosabatini yaxshilasa, albatta”, - deydi tahlilchilar.

Iqtisodchilarning prognozlariga koʻra, uchinchi chorakda dollar 65 rublgacha tushishi mumkin. Shu bilan birga, 2020 yil oxiriga kelib, dollar 67 rublgacha koʻtarilishi mumkin.

“Rossiyaga sarmoya kiritish uchun geosiyosiy xavf mukofoti 2020 yil noyabridan keyin (AQSH prezidentlik saylovlari oʻtkazilgandan keyin) oshishi mumkin. Bozorning sanktsiyalar xavfi boʻyicha joriy xavotiri, ushbu mavzuning yana bozorga qaytishi mumkinligining birinchi belgisidir”, - deb hisoblaydi tahlilchilar.

Asosiy mavzular