13:32 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
17010

Qorakoʻzanlar Puebla-de-Valverde munitsipalitetidagi fermada oʻldiriladi. Chunki u yerda kasallik belgilari boʻlmaganiga qaramasdan 87 foiz hayvonlarda koronavirus aniqlangan.

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Ispaniyaning Aragon avtonom jamiyati hukumati COVID-19 bilan kasallangani tufayli 90 mingdan ziyod qorakoʻzanlarni (norka) yoʻq qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Qorakoʻzanlar Puebla-de-Valverde munitsipalitetidagi fermada oʻldiriladi. Chunki u yerda kasallik belgilari boʻlmaganiga qaramasdan  87 foiz hayvonlarda koronavirus aniqlangan.

Gap borayotgan ferma may oxirida yetti nafar xodimda koronavirus aniqlangandan soʻng vaqtincha yopilgan edi. Xodimlar hozir tuzalib ketgan.

3 iyun kuni hayvonlardan olingan tahlil manfiy chiqqan. 22 iyun kuni koronavirus 5 ta qorakoʻzanda aniqlangan. 13 iyulga kelib ularning deyarli 87 foizi koronavirus yuqtirib olgani maʼlum boʻlgan.

“Aniq tahlillarni olgandan soʻng Aragon hukumati 92 700 bosh hayvonni oldini olish chora sifatida yoʻq qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi”, - degan Aragon hukumatining qishlov xoʻjaligi boʻyisa maslahatchisi Xoakin Olona.

Shu bilan birga, u hayvonlardan odamga virus oʻtish yoki oʻtmasligi aniqlanmaganini tan oldi. Ammo shunday boʻlishi mumkinligini inkor qilmadi.

“Gap boshlangʻich gipoteza haqida bormoqda”, - deya aniqlik kiritgan u.

Niderlandiyada koronavirus 20 tadan ziyod fermada aniqlangan edi. Buning natijasida bir millionga yaqin hayvon yoʻq qilingan.

Asosiy mavzular