13:33 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)
878 0 0

Oʻtgan kunda davomida 70 kishi koronavirus qurboniga aylangan. Mamlakatda pandemiya boshlangandan buyon 1 003 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Qirgʻizistonda bir sutkada koronavirus aniqlangan 70 kishi vafot etdi. Bu haqda COVID-19 ga qarshi kurashish respublika shtabi xabar qilmoqda.

Bemorlar vafot etgan hududlar:

Bishkek — 35;

Oʻsh viloyati — 9;

Jalolobod viloyati — 8;

Chuy viloyati — 7;

Talas viloyati — 4;

Botken viloyati — 4;

Oʻsh — 2.

Mamlakatda pandemiya boshlangandan buyon 1 003 kishi koronavirusdan vafot etgan. Qayd etilgan koronavirus holati 26 532 taga yetgan.

Qayd etish joizki, 17 iyuldan Qirgʻizistonda koronavirus va pnevmoniya statistikasi birlashtirilgan: U07.1 kodi (laboratoriyada tasdiqlangan COVID-19) va U07.2 (klinik-epidemiologik tasdiqlangan COVID-19 - kasalxonadan tashqari pnevmoniya) kodi. Shu bois mamlakat statistikada aniqlangan holatlar keskin koʻpayib, qurbonlar soni ham ortgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)
Teglar:
Qirgʻiziston, koronavirus

Asosiy mavzular