Murakkab jumboq: zebralar aks etgan surat internetda katta bahsga sabab bo‘ldi

CC0 / Unsplash / Tim Gouw / Student rabotayet za kompyuterom
Student rabotayet za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindistonlik fotosuratchi Sarosh Lodining zebralar aks etgan surati foydalanuvchilar orasida toptishuvga sabab bo‘ldi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Hindistonlik  fotosuratchi,  yovvoyi tabiat manzaralarini suratga olish bo‘yicha haqiqiy ustasi Sarosh Lodi ikki bosh zebrani o‘zgacha ko‘rinishda suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Suratchi Twitter’da joylashtirgan rasm ko‘plab internet foydalanuvchilari e’tiborini tortdi.

“Qaysi zebra oldinda, chap yoki o‘ng tomondagisi?” – degan savolni qo‘ydi muallif.

Surat darhol ko‘plab foydalanuvchilar orasida tortishuvlarga sabab bo‘ldi.

Aksariyat foydalanuvchilar “chap tomonda turgan zebra oldinda”, degan fikrni bildirishdi.

“O‘ng tomondagisi orqada va qarama-qarshi tomonga ketmoqda, chapdagisi esa – oldinda va kameraga qaramoqda”, - deb yozgan @DMRC181.

Biroq, ba’zi foydalanuvchilar esa o‘ng tomonda turgan zebra oldinda degan xulosaga kelishdi.

"Juda qiyin, ammo quloqlar holati - bu jumboqning kaliti. Menimcha, bu o‘ng tomondagisi", - deb taxmin qildi @AndrsValero8.

"O‘ng tomondagisi, soyaga qarang", -  deb qo‘shimcha qildi @mars_atk.

 

Yangiliklar lentasi
0