16:49 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1167)
95510

Rossiya mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari Rossiyaning COVID-19 ga qarshi birinchi vaktsinasi tayyor boʻlganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Rossiyaning COVID-19 ga qarshi birinchi vaktsinasi tayyor boʻldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari Ruslan Tsalikov maʼlum qildi.

“Mutaxassislarimiz va Milliy tadqiqot markazi (Gamaleya nomidagi – tahr.) olimlari tomonidan sinov natijalariga yakuniy baholar berildi. Javob berilgan vaqtda barcha koʻngillilar koronavirusga immunitet olib, oʻzlarini yaxshi his qilishdi. Shunday qilib, yangi koronavirus infektsiyasiga qarshi birinchi mahalliy vaktsina tayyor”, - dedi u “Argumentы i faktы” gazetasiga bergan intervyusida.

Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaktsinaning klinik sinovlarini yakunladi

Avvalroq Sechenov universiteti dorivor vositalarni klinik oʻrganish markazi rahbari Yelena Smolyarchuk Sechenov universitetida oʻzida vaktsinani sinayotgan barcha koʻngillilarda koronavirusga qarshi immunitet hosil boʻlganini maʼlum qilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1167)
Teglar:
Rossiya, vaktsina, koronavirus

Asosiy mavzular