15:33 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (58)
578 0 0

Rahmon Xavfsizlik kengashi xodimlari, harbiy tuzilmalar va huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlaridan Afgʻoniston bilan chegarada davlat va millat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha choralarni koʻrishni talab qilgan

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon respublika xavfsizlik kengashi majlisini oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Majlisda Xavfsizlik kengashi aʼzolari, Oliy sud raisi, harbiy tuzilmalar va huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari ishtirok etganlar.

Tojikiston va Afgʻoniston chegarasida vaziyat oʻtkir tus olgani majlisda muhokama qilingan mavzulardan biri boʻlgan .

Tojikiston yetakchisi Afgʻoniston bilan chegaradosh Togʻli-Badaxshon avtonom viloyatida holat murakkab tus olganidan tashvishdaligini taʼkidlagan.

Rahmon Xavfsizlik kengashi xodimlari, harbiy tuzilmalar va huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlariga qoʻshni mamlakat bilan chegara qismida davlat va millat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha choralarni koʻrish topshirigʻini bergan.

Xususan, davlat chegarasida huquqbuzarliklar sodir etilishi, transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm va narkotiklarning noqonuniy aylanmasini oldini olishga alohida eʼtibor qaratishni talab qilgan.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (58)

Asosiy mavzular