03:13 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
152 0 0

Xususan, sanktsiyalar quvurlarni yotqizish uchun kemalarni sotuvchi, ijaraga beruvchi yoki taʼminlovchi kompaniyalarga qaratilgan.

TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. AQSH Kongressi Vakillar palatasi oʻz ichiga “Shimoliy oqim-2”ga qarshi kengaytirilgan sanktsiyalarni olgan kelgusi moliyaviy yil uchun mudofaa byudjeti loyihasini maʼqulladi.

RIA Novosti xabariga koʻra, hujjatni 295 kongressmen maʼqulladi, 125 kishi qarshi chiqdi.

Xususan, sanktsiyalar quvurlarni yotqizish uchun kemalarni sotuvchi, ijaraga beruvchi yoki taʼminlovchi kompaniyalarga qaratilgan. Shuningdek, gaz quvurini qurish bilan bogʻliq kemalarni sugʻurtalash yoki texnik takomillashtirish uchun sanktsiyalar nazarda tutilgan.

Bu byudjet loyihalaridan biridir. Ikkinchi loyiha Senat tomonidan taklif qilindi.

Odatda loyihalar palatalarda muhokama qilinadi, ularni kelishuv komissiyasi  mujassamlashtiradi, keyin ushbu hujjat imzolanishi uchun prezidentga taqdim etiladi.

“Shimoliy oqim-2” loyihasi Rossiya qirgʻoqlaridan Boltiq dengizi orqali Germaniyaga olib boradigan, yiliga 55 milliard kubometr gaz oʻtkazish qobiliyatiga ega ikkita gaz quvurini qurishni nazarda tutadi. Ushbu loyihaga YEIga, shuningdek Ukraina va bir qator Yevropa davlatlariga oʻz suyultirilgan tabiiy gazini ilgari surayotgan AQSH faol qarshilik koʻrsatmoqda.

Asosiy mavzular