Qon rakini boshlanishidan 4-yil oldin aniqlaydigan test ixtiro qilindi

Obuna bo‘lish
AQSh va Xitoy tadqiqotchilari kasallikning paydo bo‘lishidan to‘rt yil oldin qon tahlili orqali saratonning besh hil shaklini aniqlashga imkon beradigan usul haqida gapirib berdi.

TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. AQSh va Xitoy tadqiqotchilari kasallikning paydo bo‘lishidan to‘rt yil oldin qon tahlili orqali saratonning besh xil shaklini aniqlashga imkon beradigan usul haqida gapirib berdilar, ularning tadqiqotlari bilan Nature Communications jurnalida tanishish mumkin, deya xabar beradi RIA Novosti.

Delenie kletki - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik olimlar saraton hujayralarini o‘ldiruvchi DNK-nanorobot yaratishdi

PanSeer deb nomlanuvchi ushbu test oshqozon, qizillo‘ngach, o‘pka va jigar saratonini, shuningdek yo‘g‘on ichak saratonni eng erta bosqichlarda aniqlay oladi.

Tadqiqot uchun qon namunalar 2007 va 2017-yillar orasida Xitoyning Fudan universiteti tomonidan olib borilgan tadqiqot davomida to‘plangan. Eksperimentda 120 mingdan ortiq odam qatnashdi, ularning har biri 10-yil davomida o‘z qonini tahlilga topshirib, shifokorlarning doimiy ko‘rigidan o‘tgan. Shu vaqt ichida, hozirda universitet arxivida saqlanayotgan, umumiy hisobda 1,6 milliondan ortiq namunalar to‘plangan.

Ushbu tadqiqot shunisi bilan noyobdirki, olimlar an’anaviy usul bilan saraton kasalligiga tashxis qo‘yilishidan ancha oldin olingan onkologik bemorlarning qonini tekshirish imkoni bo‘lgan.

Ular bir xil guruhdagi ham sog‘lom, ham kasal odamlarning qon namunalarini tahlil qilishdi. Olimlar jamoasi 605 alomatsiz bemorlarning plazma namunalari tahlilini amalga oshirdi, ularning 191 nafarida keyinroq saraton aniqlangan, 223 dona saraton kasalligi tasdiqlangan namunalarni, va shuningdek 220 dona birlamchi o‘sma va normal to‘qimalarning tahlilini ham amalga oshirdi.

Bu mualliflarga qondagi saratonning erta rivojlanish belgilarini topishga va ular asosida test ishlab chiqishga imkon berdi. Yangi usul yordamida odamlarning 91 foizida saraton kasalligi aniqlandi, va bu odamlarda muqaddam qon testini o‘tkazishda belgilari bo‘lmagan va tashhis faqat bir-to‘rt yil o‘tgach qo‘yilgan. 95% ehtimollik bilan, test saraton kasalligi yo‘qligini ko‘rsatdi. Qon namunalarini olish paytida saraton kasalligi tashxisi qo‘yib bo‘lingan bemorlarda erta qon belgilari bo‘yicha aniqlash ehtimoli 88% ni tashkil etdi.

Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, PanSeer testi saratonni dastlabki bosqichlarda aniqlashda, boshqa usullar kuchsiz bo‘lganida o‘z samarasini ko‘rsatadi. Kasallikni o‘simta jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanishi yoki tegishli dorilar bilan davolanishi mumkinligi paytida erta bosqichda aniqlash muhim, chunki kasallik erta bosqichda aniqlansa, saraton bilan kasallanganlar o‘rtasida omon qolish imkoniyati oshadi.

“Pirovard maqsad – bu testdan har yili o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik paytida muntazam qon tekshiruvida foydalanish. Eng yaqin maqsad - testlarni oila tarixi, yoshi yoki boshqa omillarga bog‘liq yuqori darajadagi xavfga ega odamlarda o‘tkazish”, - deya tushuntirdi maqola mualliflaridan biri Kun Chjan (Kun Zhang) San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti bio-injeneriya kafedrasi mudiri, professor.

Biroq, PanSeer tahlillari saraton kasalligini kimda rivojlanishi mumkinligini taxmin qilmaydi. U allaqachon saratonga chalingan, ammo hozirgi aniqlash usullariga alomatsiz bo‘lib turgan bemorlarni aniqlaydi.

Delenie kletki - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar saraton tarqalishining to‘xtatish usulini aniqlashdi

Chjan va uning laboratoriyasi o‘nlab yillar davomida DNK metilatsiyasi tahlili deb nomlangan biologik jarayonga asoslangan saratonni aniqlash usullarini ishlab chiqmoqdalar. Usul CpG-metilatsiya deb nomlangan ma’lum bir DNK signaturalarin tekshiradi, bu DNK molekulasidagi bir nechta qo‘shni CG ketma-ketliklarga metil guruhlarini qo‘shishning o‘zginasi. Inson organizmidagi har qanday to‘qima noyob metilatsiya gaplotipi signaturasi bilan aniqlanishi mumkin.

Ishlab chiqilgan test, eng keng tarqalgan beshta saraton shaklini erta aniqlash uchun o‘ta talabgir bo‘ladi deb ishonadi mualliflar.

Avvalroq Sputnik  radiosi mutaxassislar saraton kasalligini davolash uchun Rossiya ishlab chiqarilgan uskunalar haqida gapirib berganini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0