19:31 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
259 0 0

AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari rossiyalik biznesmen Yevgeniy Prigojin va u bilan bogʻliq shaxslar va kompaniyalarga nisbatan yaqinda kiritilgan AQSH sanktsiyalar sabablarini oshkor qildi

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. Rossiya tomonidan olib borilayotgan tashqi siyosat AQSH bilan munosabatlarda siljishga erishishga imkon qoldirmayapti, deya bayonot qildi Davlat kotibi oʻrinbosari Stiven Bigan.

"Rossiyaga nisbatan biz qabul qilgan soʻnggi qadamlar - bu ruslar bilan munosabatlarda har qanday taraqqiyotni deyarli imkonsiz qoldirayotgan (Rossiyaning) uzoq davrdan buyon amalga oshirayotgan xatti-harakatlari modeliga javob choralarimizning bir qismidir", - deb aytgan Bigan senatdagi eshituv davomida.

AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari rossiyalik biznesmen Yevgeniy Prigojin va u bilan bogʻliq shaxslar va kompaniyalarga nisbatan yaqinda kiritilgan AQSH sanktsiyalari sabablari bilan bogʻliq savolga shu tarzda javob qaytardi.

AQSH moliya vazirligi chet eldagi aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) 17 iyul kuni Prigojin bilan bogʻliq shaxslar va kompaniyalar sanktsiyaviy roʻyxatga qoʻshilishi haqida xabar berdi. AQSH Prigojinni Rossiya hukumati bilan aloqador deb hisoblaydi. Oq uy qoshidagi milliy xavfsizlik kengashi izohiga koʻra, sanktsiyalar "Sudan, Gongkong va Tailandda sanktsiyalardan yashirin boʻyin tovlagan" kompaniyalarga nisbatan kiritilgan va ular "demokratik jarayonlarga chet el aralashuvi"da ayblanmoqda.

Prigojin mana necha yildirki Ukrainadagi mojaroga aloqadorlik va AQShdagi "saylovlarga aralashuv" ayblovlari boʻyicha amerika sanktsiyalari ostida qolib kelmoqda.

Asosiy mavzular