19:32 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
229 0 0

Moskva hukumati koronavirus tufayli yangi cheklovlarni joriy qilish niyati yoʻq - Moskva meri Sergey Sobyanin.

TOSHKENT, 23 iyul - Sputnik. Moskva hukumati koronavirus tufayli yangi cheklovlarni joriy qilish niyati yoʻq, dedi Moskva meri Sergey Sobyanin “Rossiya 24” telekanali efirida.

“Bugun vaziyat juda tinch va barqaror, buyogʻiga vaktsinaning chiqishini kutamiz”, - dedi Sobyanin.

Shunga qaramay, infektsiya hali toʻlaligicha yoʻqolmadi va shahar aholisi baʼzi ehtiyot choralariga rioya qilishlari kerak, deya taʼkidladi mer. Bundan tashqari, chet eldan poytaxtga kelganlar PTSR-testini topshirganligi haqida maʼlumotnoma taqdim etishlari yoki shaharga kirib kelganidan keyin test topshirishi kerak.

Sobyanin taʼkidlashicha, shifokorlar tegishli dori paydo boʻlishi bilanoq aholini emlashni boshlashga tayyor.

"Ammo, tabiiyki, bu bizga bogʻliq emas. Sogʻliqni saqlash vazirligi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazishi kerak, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. <...> Ommaviy emlatishsiz mavsumiy kasalliklar kuchayishi bilan bogʻlik keyingi davrlardan omon oʻtib olishimiz qiyin boʻladi”, - deb tushuntirdi mer.

Merning soʻzlariga koʻra, Moskva deyarli butunlay faol hayotga qaytdi.

Oʻtgan haftaning boshidan boshlab poytaxtda attraktsionlar, madaniyat va istirohat bogʻlari, hordiq chiqaruvchi tashkilotlar faoliyati qayta tiklandi. Shuningdek, bolalar oromgohlari ochildi, tadbirkorlik faoliyatidagi cheklovlar olib tashlandi. Bundan tashqari, hukumat koʻchada majburiy niqob va qoʻlqop taqishni bekor qildi. Yengillashtirishning navbatdagi bosqichi 1 avgustga belgilangan.

Rossiya va dunyodagi COVID-19 bilan bogʻliq soʻnggi maʼlumotlar stopcoronavirus.rf portalida keltirilgan.

Asosiy mavzular