Rossiya 1-avgustdan xalqaro avia qatnovlarni tiklaydi – davlatlar ro‘yxati

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishStuardessa aviakompanii "Aeroflot" v aeroportu Sheremetyevo v Moskve
Stuardessa aviakompanii Aeroflot v aeroportu Sheremetyevo v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya 1-avgustdan xalqaro avia qatnovlarni tiklaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi.

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Rossiya 1-avgustdan xalqaro avia qatnovlarni tiklaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi.

Samolet AAirbus 320 uzbekskix avialiniy  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xorijiy davlatlarga parvozlarni avgustdan oldin tiklay olmaydi - tezkor shtab

Moskva, Sankt-Peterburg va Rostov-don shaharlaridan xorijga parvoz qilsa bo‘ladi.

Bosh vazirning o‘rinbosari Tatyana Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, hozircha faqat uchta davlat - Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniyaga parvozlar qayta tiklanadi.

1 avgustdan Anqara va Istanbul, 10-avgustdan Turkiyaning kurort shaharlari - Antaliya, Bodrum va Dalaman bilan parvozlar tiklanadi. Rossiyaga kelish uchun koronavirus tahlili musbat natija bo‘lishi kerak.

Ayni vaqtda Rossiya yana 30 ga yaqin mamlakat bilan parvozlarni tiklash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Rossiya pandemiya tufayli o‘z chegaralarini yopib qo‘ygandi. Parvozlarni qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar iyul o‘rtalaridan boshlab davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0