21:06 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
302 0 0

AQSH va Xitoy munosabatlarida soʻnggi vaqtlarda ziddiyat kuchaymoqda. Vashington va Pekinning oʻzaro iqtisodiy eʼtirozlari bor.

TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Xitoy diplomatlari  amerika hukumati talabi bilan yopilgan Xyustondagi bosh konsullikni tark etishdi, deb xabar qilmoqda Houston Chronicle nashri. RIA Novosti xabari asosida.

Nashrning yozishicha, dipmissiya xodimlari binoni mahalliy vaqt bilan 16:00da (msk vaqti bilan 00:00) boʻshatib berishlari kerak edi. Shu vaqtga yaqin politsiya bino yaqinidagi hududni yopgan, oradan bir muncha vaqt oʻtgach, bosh konsullik tomondan uchta furgon joʻnab ketgan, ularning ikkitasi diplomatik raqamlarga ega boʻlgan.

Soat taxminan 16:40larda binoga orqa eshikdan bir necha kishi kirgan, ular orasida, Houston Chronicle xabariga koʻra, Davlat departamenti vakili boʻlgan.

Sal oldin Reyter agentligi, amerika amaldorlari ekanligi taxmin qilinayotgan odamlar bosh konsullikning orqa eshigini kuch bilan yopishga urinishgani haqida xabar bergan edi.

Yigirma ikkinchi iyul kuni Qoʻshma Shtatlar Xyustondagi Xitoy bosh konsulligini yopdi. AQShga koʻra, bu intellektual mulk va amerikaliklarning shaxsiy maʼlumotlari muhofazasini taʼminlash zarurati tufayli amalga oshirildi.

Pekin bu holatni siyosiy fitna deb atab, javoban "qatʼiy qadamlar" bilan chora koʻrishga vaʼda berdi.

Birinchi qadam Sыchuan provintsiyasi Chendu shahridagi amerika bosh konsulligini yopish talabi boʻldi. Xitoy TIV yuzaga kelgan vaziyatda javobgarlik Vashington zimmasida ekanligini qayd etdi.

AQSH va Xitoy munosabatlarida soʻnggi vaqtlarda ziddiyat kuchaymoqda. Vashington va Pekinning oʻzaro iqtisodiy daʼvolari bor. Bundan tashqari, amerika administratsiyasi Xitoyni koronavirus bilan bogʻliq vaziyat haqida axborot berishda vijdonan yondashmaganlikda ayblamoqda, Pekin esa Vashingtonning uning ichki ishlariga, xususan, Gonkong bilan munosabatlariga  aralashuvidan norozi.

Asosiy mavzular