19:02 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1158)
399 0 0

Sooronbay Jeenbekovning aytishicha, 31 iyul kuni Qirgʻiziston Qurbon hayitini keng nishonlaydi, 30 iyul kuni esa butun mamlakatda milliy motam kuni sifatida eʼlon qilinadi.

TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Qirgʻizistonda 30 iyul koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga milliy motam kuni sifatida eʼlon qilinadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov maʼlum qilgan. Sputnik Qirgʻiziston xabari asosida.

Davlat rahbari ayrim mamlakatlarda kasallik tufayli vafot etgan yurtdoshlar xotirasiga Milliy motam kuni eʼlon qilinganligini eslatib oʻtgan.

"Ha, men bu haqda oʻylagan edim. Muddatidan oldin gapirishni istamagandim, ammo shu haqda gap borar ekan, maʼlumot berishni zarurat deb bildim. 31 iyul kuni biz Qurbon hayitini nishonlaymiz, 30 iyul kuni esa butun mamlakatda milliy motam kuni eʼlon qilinadi. Tegishli qaror chiqariladi", — dedi Jeenbekov.

Davlat rahbari yaqinlarini yoʻqotgan yurtdoshlarga sabr tilagan.

Qirgʻiziston Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, pandemiya davrida mamlakatda 1 249 kishi koronavirus infektsiyasi qurboniga aylangan.

Eslatib oʻtamiz, Markaziy Osiyo mintaqasida bunga qadar 13 iyulda Qozogʻistonda milliy motam kuni eʼlon qilingan edi.

Bugunga qadar olingan maʼlumotlarga koʻra, koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar Qozogʻistonda 80 226 nafarni, Qirgʻizistonda 31 247 nafarni, Tojikistonda - 7 104 nafarni, Oʻzbekistonda 19 653 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1158)

Asosiy mavzular