15:02 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
204 0 0

Xitoyda AQShning AQShning Chendudagi konsulxonasi rasman yopildi. Mahalliy hukumat vakillari muassasani oʻziga qabul qilib oldi

TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Xitoyda AQShning AQShning Chendudagi konsulxonasi rasman yopildi. Bu haqda Xitoy TIV maʼlumotiga asoslangan holda RIA Novosti yozmoqda.

Shundan soʻng mahalliy hukumat vakillari muassasa hududiga asosiy darvoza orqali kirishgan va uni oʻzlariga qabul qilib olishgan.

Yigirma birinchi iyul kuni Qoʻshma Shtatlar Xyustondagi Xitoy bosh konsulligini yopdi. AQShga koʻra, bu intellektual mulk va amerikaliklarning shaxsiy maʼlumotlari muhofazasini taʼminlash zarurati tufayli amalga oshirildi.

Pekin bu holatni siyosiy fitna deb atab, javoban "qatʼiy qadamlar" bilan chora koʻrishga vaʼda berdi.

AQSH va Xitoy munosabatlarida soʻnggi vaqtlarda ziddiyat kuchaymoqda. Vashington va Pekinning oʻzaro iqtisodiy daʼvolari bor. Bundan tashqari, amerika administratsiyasi Xitoyni koronavirus bilan bogʻliq vaziyat haqida axborot berishda vijdonan yondashmaganlikda ayblamoqda, Pekin esa Vashingtonning uning ichki ishlariga, xususan, Gonkong bilan munosabatlariga  aralashuvidan norozi.

Asosiy mavzular