19:26 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
256 0 0

Germaniya tashqi ishlar vaziri mamlakat Rossiyaning “Katta yettilik” formatiga qaytishiga qarshi ekanini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Germaniya Rossiyaning “Katta yettilik” formatiga qaytishiga qarshi chiqadi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Rheinische Post nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Diplomat Moskvani ushbu formatdan chiqarib yuborishga mamlakatga Qrimning qoʻshilgani hamda Ukrainadagi vaziyat sabab boʻlganini taʼkidlagan.

“Ushbu masala hal qilinmagan ekan, men Rossiyani taklif etishning (G7 sammitiga - tahr.) imkonini koʻrmayapman”, — dedi Maas. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shuningdek,u AQSH prezidenti Donald Trampning G7 sammitiga Rossiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Avstraliyani taklif etishga taklifiga ham qoʻshilmasligini maʼlum qildi. Vazirning soʻzlariga, Berlin uchun 11 yoki 12 ta mamlakat emas, balki aynan yettilik yoki yigirmatalik formati maqbul sanaladi.

Shuningdek, Maas rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrovning tajribasiga yuqori baho bergan. Maas Rossiya TIV rahbari oʻz mamlakatining manfaatlarini izchil himoya qilib kelishi, biroq u bilan har doim “yechim topish” mumkinligini qoʻshimcha qilgan.

Avvalroq Tramp G7 sammitini sentyabrgacha qoldirishi va unga toʻrt davlatni - Rossiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Avstraliyani taklif qilmoqchiligini maʼlum qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, “yettilik guruh” oʻz tarkibi boʻyicha dunyoda sodir boʻlayotganlarni aniq aks ettirmayapti. Bu mamlakatlarning “juda eskirgan guruhi”.

Vladimir Putin oʻz navbatida, Moskva muloqotga tayyorligi va G8 formatini tiklanishini istisno etmasligi, lekin bu u uchun asosiy maqsad emasligini taʼkidlagan.

Asosiy mavzular