Britaniyaliklar Rossiya floti qudratini tan olishdi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishRepetitsiya parada ko Dnyu VMF v gorodax Rossii
Repetitsiya parada ko Dnyu VMF v gorodax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Kronshtadtda Bosh harbiy-dengiz paradi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya flotining nodir namunalari namoyish etildi.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Rossiya yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan keng ko‘lamli dengiz paradida o‘z flotining o‘sayotgan qudratini ko‘rsatdi, deya yozadi Daily Mail jurnalisti Ameliya Vinn.

Muallif so‘nggi yillarda HDFning (Harbiy-dengiz floti) jiddiy modernizatsiya qilinganiga e’tibor qaratgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin flot tarkibida yana 40 ta kema va HDF gipertovushli qurol bilan jihozlanishini e’lon qilgan.

Moshnie korabli, nevidimie podlodki i bistrie raketi: Rossiya otmechayet Den VMF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Harbiy-dengiz floti kunini nishonlamoqda – video

Bundan tashqari, jurnalist parad nafaqat Sankt-Peterburgda, balki Rossiyaning boshqa qator shaharlarida ham o‘tkazilganiga e’tibor qaratgan: Vladivostok, Sevastopol, Petropavlovsk-Kamchatskiy, Baltiysk, Severomorsk, Kaspiysk va Tartusdagi harbiy-dengiz bazada.

Nashrning ko‘plab o‘quvchilari muallifning bahosiga qo‘shilishgan.

“Dengiz chegaralari 12 kilometr bo‘ylab yuvilgan bir paytda ularni himoya qilish uchun yetarlicha miqdordagi kema lozim”, - deya yozgan thebestcountry nikli foydlanuvchi.

Andreyevskiy flag - Sputnik O‘zbekiston
Potr vasiyatiga binoan: Rossiya yangi flot qurmoqda

“Hayratga soladi!”, - deya lo‘nda yozgan Obvi.

“Qirollik flotini ko‘paytirish zarur. Bizning himoya qilish kerak bo‘lgan dengiz chegaralarimiz bor”, - deya yozgan Ben Hall.

“Putin singari vatanparvar liderimiz bo‘lmagani uyatli. U kema qurayotgan bir paytda, Boris (Jonson – tahr.) Xitoyga pul bermoqda”, - deya kuyungan henryford1958.

Kuni kecha Kronshtadtda Bosh harbiy-dengiz paradi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya flotining nodir namunalari namoyish etildi: “Petr Morgunov” katta desant kemasi, "Admiral Kasatonov” fregati, “Petropavlovsk-Kamchatskiy” dizel-elektrik suv osti kemasi, “Sovetsk” va “Mitishi” kichik raketa kemalari. Ushbu eng yangi kemalardan ayrimlarining xususiyatlari maxfiyligicha qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0