Kim Chen In: yadroviy qurol KXDRda urushsiz hayotni ta’minlaydi

© REUTERS / KCNAPredsedatel Trudovoy partii Korei Kim Chen In
Predsedatel Trudovoy partii Korei Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
KXDR yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, Koreya urushi davridan buyon dushmanlar bilan ayovsiz kurash davom etmoqda va "imperialistlar tomonidan bosim" faqatgina kuchaygan.

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Shimoliy Koreyada yadroviy qurolning mavjudligi mamlakatda tinchlikni va kafolatlangan muhofazani ta’minlaydi. Bu haqda KXDR yetakchisi Kim Chen In dushanba kuni Koreya urushi yakunlanganining 67-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan 6-faxriylar milliy anjumanida so‘zlagan tantanali nutqida aytib o‘tdi.

Kim Chen In poyavilsya na publike vpervie za 20 dney - foto - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In 20 kun deganda ilk marta ommaga ko‘rinish berdi - video

"1950-yillardagi urush kulfatlari va azoblarini yana bir bor boshdan kechirmaslik uchun biz urushni to‘xtatadigan va uning oldini oladigan mutlaq kuchga ega bo‘lmog‘imiz lozim edi. Shu bois, boshqalar 100-marta qoqilib, taslim bo‘ladigan joyda, biz, barcha qiyinchiliklarni yengib, barcha xildagi tahdid va fitnalarga sabr qilib, yadroviy derjava sifatida o‘z taraqqiy yo‘limizdan bordik. Endi biz imperialist-raqiblarning dushman kuchlari tomonidan amalga oshiriladigan faol dushmanlik provokatsiyalarining har qanday shakli va harbiy tahdid bilan bizni qo‘rqitishdan ishonchli va qat’iy himoyalangan davlatga aylandik. Urush - bu kimgadir mensimay qaraydiganlar bilan qurolli mojarodir. Endi hech kim bizga past baho bera olmaydi. Agar shunday qilsa - bu uchun tegishli to‘lovni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi", - deb aytgan Kim Chen In. Uning so‘zlaridan Shimoliy Koreyaning Markaziy telegraf agentligi (STAK) iqtibos keltirgan.

KNDR otmechayet 60-yu godovshinu okonchaniya Koreyskoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In tez orada yangi strategik qurolni ko‘rsatishga va’da berdi

KXDR yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, Koreya urushi davridan buyon dushmanlar bilan ayovsiz kurash davom etmoqda va "imperialistlar tomonidan bosim" faqatgina kuchaygan. Mamlakatni tashqi tahdidlardan himoyalash uchun KXDR hech qachon boshqa mamlakatlar u bilan tenglasha olmaydigan "eng qudratli milliy mudofaa salohiyatini mukammallashtirishdan to‘xtamaydi".

"Bizning ishonchli va samarali jilovlash kuchlarimiz tufayli bu zaminda boshqa urush bo‘lmaydi va bizning milliy xavfsizligimiz va kelajagimiz abadiy mustahkam kafolatlanadi", - degan Kim Chen In.

KXDR urush veteranlarining birinchi yig‘inini 1993-yilda, urush yakunlanganiga 40-yil to‘lganida o‘tkazgan edi. Qolgan to‘rt uchrashuv 2012, 2013, 2015 va 2018-yillarda o‘tkazilgan. Kim Chen In ushbu tadbirda so‘nggi marta 2015-yilda nutq bilan chiqish qilgan.

Janubiy Koreya OAVning ta’kidlashicha, bu yilgi tadbir koronavirus pandemiyasi va sanksiyalar iqtisodiy oqibatlari oldida ichki birlikni mustahkamlashga qaratilgan.

STAK xabariga ko‘ra, Pxenyanda urush yakun topganining 67-yilligi munosabati bilan salyut otilgan va ko‘plab odamlar feyerverklarni tomosha qilgani kelishgan.

Koreya urushi 1953-yilning 27-iyulida BMT bayrog‘i ostida urush qilgan AQSh qo‘shinlari va KXDRning tinchlik bitimini imzolashi bilan yakun topgan. Bu texnik jihatdan Janubiy va Shimoliy Koreyani urush holatida qoldirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0