Yaponiya Koreyadagi "seks-kanizaklar"ga qo‘yilgan haykalni axloqsiz, deya baholadi

Obuna bo‘lish
Ayol oldida tiz cho‘kkan va boshini quyi eggan erkak tasvirlangan, OAVlarda berilgan xabarlarga ko‘ra, erkak haykalida Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abeni tanish mushkul emas.

TOShKENT, 28-iyul - Sputnik. Janubiy Koreyada o‘rnatilgan "ko‘ngilxushlik ayollari" deya ataluvchi yangi haykal Tokio va Seul o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, deya fikr bildirdi Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga.

Artisti na otkritii Yaponskogo sada na territorii parka Ayvazovskoe v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Yapon erkaklari jinsiy aloqaga nega qiziqmay qo‘ygan?

Monument Kanvondo provinsiyasidagi xususiy botanika bog‘ida o‘rnatilgan. Unda urush yillarida Yaponiya tomonidan okkupatsiya qilingan hududlarda mavjud bo‘lgan "ko‘ngilxushlik ayollari" tizimi qurbonini ifodalovchi - o‘rindiqda o‘tirgan qiz tasvirlangan. Ayol oldida tiz cho‘kkan va boshini quyi eggan erkak tasvirlangan, OAVlardagi xabarlarga ko‘ra, erkak haykalida Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abeni tanish mushkul emas. Haykal "gunohni abadiy yuvish", deya ataladi.

"Xalqaro etiket nuqtayi-nazaridan bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agar OAVlarda berilgan xabar haqiqat bo‘lsa, bu Yaponiya-Janubiy Koreya munosabatlariga hal qiluvchi ta’sirni o‘tkazadi", - deya Suga so‘zlaridan iqtibos keltirgan Kiodo agentligi.

Suganing qayd etishicha, Yaponiya Seuldan 2015-yilgi kelishuvning bajarilishini talab qilishni davom ettirmoqda, unga ko‘ra ikkala tomon ham o‘zaro muammolarni "uzil-kesil va batamom hal qilingan" deya tan olishi lozim.

"Ko‘ngilxushlik ayollari" tizimi - Ikkinchi jahon urushi vaqtida Osiyo mamlakatlarida yapon armiyasi ehtiyojlari uchun foydalanilgan fohishalikning majburiy shaklini anglatadi.

Prezident SShA Donald Tramp podpisivayet rasporajenie, otmenyayushee Trans-Tixookeanskoe partnerstvo - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Yaponiya va Janubiy Koreyaga AQShdan yanada ko‘proq qurol sotib olishga ruxsat berdi

Yaponiya urush yillarida yetkazilgan zarar tovoni sifatida 1965-yilda Koreyaga 500 million dollar to‘lab bergan va shu tariqa o‘rtadagi barcha ziddiyatlar ko‘tarilishiga umid qilgan edi. Ammo bunga qaramay, bir necha yillar oldin "ko‘ngilxushlik ayollari" masalasi yana ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda to‘siqqa aylandi. Faqatgina AQSh bosimidan so‘ng uning ikki osiyolik ittifoqdoshi tinchlik sulxini imzolashga kelishdilar va bu kelishuv 2015-yilgi bitimda o‘z aksini topdi.

Hujjat "ko‘ngilxushlik ayollari" masalasi Janubiy Koreya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarga boshqa hech qachon ta’sir qilmasligi uchun barcha ziddiyatlarni "batamom va muqarrar" hal etishga qaratilgandi.

Ammo ushbu bitim korrupsiyaviy janjal natijasida iste’foga ketgan sobiq prezident Pak Kin Xe administratsiyasi davrida imzolangani, Yaponiya bu vaqtga kelib 9 million dollar mablag‘ o‘tkazgan ko‘mak jamg‘armasi esa yangi prezident Mun Je In davrida tugatilgani tufayli, muammoni bartaraf etish masalasi muzlatildi.

Predsedatel Trudovoy partii Korei Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In: yadroviy qurol KXDRda urushsiz hayotni ta’minlaydi

Shu bilan birga, Yaponiya majburiy fohishalik faktini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar shu vaqtgacha topilmagan, deb hisoblaydi. Yaponiya o‘zining rasmiy pozitsiyasini bir necha marotaba BMTda ham ma’lum qilgan.

2018 yilning fevralida yapon TIV vakilining BMTda e’lon qilishicha, urush vaqtida Yaponiya tomonidan egallangan Osiyo davlatlarida majburiy fohishalik mavjud bo‘lgan degan aqidaning keng tarqalishi 1980-yillarda "Asaxi" gazetasida jurnalist Seydzi Yosida bergan "guvohliklar"ga asoslangan, ammo keyinchalik bu holat uydirma ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu maqola e’lon qilinmaguniga qadar Koreya tomoni Yaponiyaga bu borada da’volarni ilgari surmagan va "ko‘ngilxushlik ayollari" masalasini ko‘tarmagan. 1980-yillarda Yosida koreyalik ayollarga ularni fohishaxonalarga jalb qilish maqsadida ov uyushtirilgani haqida hikoya qilgan, ammo tasvirlagan faktlar boshqa manbalarda o‘z tasdig‘ini topmagan va uydirma mahsuli bo‘lib chiqqan.

Yolg‘on guvohlikni real fakt ko‘rinishida chop etgani uchun gazeta 2014-yilda ommadan uzr so‘ragan.

2015 yilning dekabrida imzolangan bitimga qaramay, Yaponiya, ushbu qaror "uzil-kesil hal etilishi va ortga qaytish bo‘lmasligi" sharti bilan sobiq "ko‘ngilxushlik ayollariga" 1 milliard iyena (9 million dollarga yaqin) mablag‘ to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan. Janubiy Koreya ushbu formulirovkaga roziligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0