Google o‘z xodimlariga 2021-yilning iyuligacha masofadan turib ishlashga ruxsat berdi

© REUTERS / Brian SnyderA pedestrian walks past the Google offices in Cambridge
A pedestrian walks past the Google offices in Cambridge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Google xodimlari kelayotgan bir yil davomida o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilish hamda ish faoliyatini davom ettirishda muvozanat topa olishlariga umid bildirgan.

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Google korporatsiyasi xodimlari o‘z istaklariga binoan 2021-yilning iyul oyiga qadar uydan turib ishlashlari mumkin. Bu haqida kompaniya bosh direktori Sundar Pichay ma’lum qildi.

COVID-19 pandemiyasi tufayli Googlening aksariyat xodimlari oxirgi bir necha oy davomida masofadan turib ishlayotgan edilar. Karantin tugashi muddati bir necha marotaba cho‘zilgan edi. Shundan so‘ng kompaniya bosh direktori masofadan turib ishlash, ehtimol 2021-yilning iyul oyiga qadar uzaytirilishi mumkinligini xabar qildi.  

“Xodimlarimiz o‘z kelajak rejalarini tuzishga imkon bo‘lishi uchun, biz ofisda bo‘lishi talab etilmaydigan mutaxassislarga 2021-yilning 30-iyuniga qadar masofadan turib ishlash imkonini berdik”, - dedi Sundar Pichay.

Eslatib o‘tamiz, dastlab Googlening Osiyo qit’asida joylashgan ofislari masofadan turib ishlash tartibiga o‘tgan edi. Mart oyida esa AQShdagi Kremniy vodiysidagi keyin butun Shimoliy Amerika qit’asidagi ofislar masofadan turib ishlashgan o‘tgan. Ayni damda ofisda faqat u yerdan turib ishlashi talab etiladigan xodimlar qolgan, lekin aksariyat – uyidan ishlamoqda.

Ofisda ishlayotganlar ham o‘zaro masofani masimal darajada saqlab, ehtiyot choralarini qo‘llagan holda ishlamoqda. Buning uchun hatto ba’zi xonalar ichki planirovkasi ham o‘zgartirilgan.

Shuningdek Google xodimlari kelayotgan bir yil davomida “o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilish va ishlashda muvozanat topa olishlariga” umid bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0