“Shu yetmay turuvdi”: 5-avgustda Yerga ulkan asteroid yaqinlashadi

© NASAAsteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoe foto
Asteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avgust oyi boshida Yerga futbol maydoni kattaligida bo‘lgan 2009 PQ1 asteroidi yaqinlashadi. Uning tezligi soniyasiga 13,4 kilometr.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Futbol maydoni kattaligida bo‘lgan 2009 PQ1 asteroidi avgust oyi boshida Yerga maksimal darajada yaqinlashadi. Bu haqda AQSh milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasining (NASA) bo‘linmasi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, samoviy jismning diametri 84 metrdan 190 metrgacha. Asteroid 5-avgust kuni Yerdan 3,2 million kilometr masofada soniyasiga 13,4 kilometr tezlikda uchib o‘tadi.

Asteroid 2009  yil 14-avgustda aniqlangan. U “Apollonlar” guruhiga tegishli bo‘lib, uning parvoz yo‘li Yer orbitasini kesib o‘tadi. Keyingi safar 2009 PQ1 asteroidi 2137-yilda Yerga yaqinlashadi.

Eslatib o‘tamiz, 29-aprelda diametri to‘rt kilometrgacha bo‘lgan № 52768 (1998 OR2) asteroid Yer yaqinidan o‘chib o‘tgandi.

Yangiliklar lentasi
0