Ikki mushuk cho‘loq itni yo‘ldan o‘tkazib qo‘ydi – internet foydalanuvchilari hayratda

© REUTERS / Pascal RossignolDomashnyaya koshka smotrit v okno na ulichnuyu koshku
Domashnyaya koshka smotrit v okno na ulichnuyu koshku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqda ikki mushuk jarohatlangan itga yo‘ldan o‘tishiga yordam bergani aks etgan video tez suratlarda tarqalmoqda.

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda ikki mushuk jarohatlangan itga yo‘ldan o‘tishiga yordam bergani aks etgan video tarqalmoqda.

"Moskovskiy komsomoles" yozishicha, bu holat Krasnodar o‘lkasi trassasida kechasi sodir bo‘ldi.

Mash Telegram-kanalda joylashtirilgan videoda haydovchi yo‘lda qandaydir hayvonlarni ko‘rib qoladi va darhol avtomobilni to‘xtatadi.

Mashina ularga yaqinlashganda, hammasi ayon bo‘ldi – ikki mushuk cho‘loq itga yo‘ldan o‘tishiga yordam bergan ekan.

“Butun boshli delegatsiya ekan... qarang, uni qo‘riqlashmoqda! U ehtimol nogiron bo‘lsa kerak”, - deydi haydovchi kadr ortidan.

Video internet foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi. Ko‘pchilik “bu it va mushuk o‘rtasida o‘zaro yordam bo‘lsa kerak”, degan izoh yozishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0