17:36 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1167)
218 0 0

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, mamlakatda aniqlangan SARS-CoV-2 koronavirus shtammi yuqumliligi darajasi boʻyicha boshqalardan farq qilmaydi.

TOSHKENT, 29 iyul - Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari Vyetnamda koronavirusning yanada yuqumli shakli paydo boʻlganligi haqidagi maʼlumotni rad etishdi.

“Virusning ushbu aylanib yuruvchi turlarida mutatsiyalar paydo boʻlishiga qaramay, tashvishlanishga oʻrin yoʻq. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, COVID-19ning yuqumliligi va xavfliligi oʻzgarmagan”, - dedi RIA Novostiga JSSTning Vyetnamdagi vakili Kidon Park.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Vyetnam Danang shahrida (asosiy dam olish maskani va sayyohlarni jalb qilish markazlaridan biri) SARS-CoV-2 virusining oldingisidan yuqumliroq boʻlgani avj olganini maʼlum qildi.

Mahalliy shifokorlar maʼlum qilishicha, infektsiyaning gʻayrioddiy shtammi tezroq tarqaladi va tez fursatda kasallikning ogʻir shaklini keltirib chiqaradi.

Shu munosabat bilan shahardan barcha – 80 mingga yaqin sayyohlar zudlik bilan evakuatsiya qilindi.

Taʼkidlash joiz, sayyohlar deb asosan Vyetnamning boshqa mintaqalari aholisi nazarda tutilmoqda, chunki chet ellik mehmonlarga bir necha oydan beri mamlakatga kirish taqiqlangan.

Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi yangi shtamm noqonuniy migrantlar yoki mahalliy tibbiy muassasalardan birida COVID-19 kasalligi mutatsiyasi natijasida vujudga kelganini maʼlum qilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1167)
Teglar:
koronavirus, JSST

Asosiy mavzular