Qirg‘izistonda motam kuni - Jeenbekov fuqarolarga nima dedi?

© Sputnik / Aleksey NichukinFlag na posolstve Kirgizstana
Flag na posolstve Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar hayoti uchun kurash nihoyalanmagan, koronavirus esa barchaning chidamliligini sinovchi murakkab imtihonga aylandi

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Prezident Sooronbay Jeenbekov Milliy motam kuni munosabati bilan qirg‘izistonliklarga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Angel -vrach - Sputnik O‘zbekiston
Tibbiy ma’lumotsiz oddiy ayol Bishkekda odamlarni o‘limdan qutqarmoqda

"Dunyoning barcha davlatlarini qamrab olgan kasallik Qirg‘izistonga ham ko‘plab qayg‘ular olib keldi, biz o‘z fuqarolarimizni yo‘qotdik. Kasallik oqibatida ko‘plab qirg‘izistonliklarning ota-onalari, farzandlari, qarindoshlari va yaqinlari olamdan o‘tdilar. Mamlakat o‘rnini qoplab bo‘lmas yo‘qotishlarni boshdan kechirdi. Koronavirus qurboniga aylangan har bir yurtdoshimiz haqidagi fikr yuragimda og‘riqli sado beradi", - dedi davlat rahbari.

Jeenbekov vafot etganlarning oilalari, qarindoshlari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirdi va ularni kuchli va matonatli bo‘lishga chaqirdi.

"Bizning taqdirimiz bir, qirg‘izistonliklar birgalikda birdam. Vafot etgan har bir qirg‘izistonlik - bizning vatandoshimiz, yaqin insonimiz, qarindoshimiz, do‘stimiz, qo‘shnimiz yoki tanishimiz", - deb qo‘shimcha qildi Jeenbekov.

Vrach v bolnitse Sani, Yemen - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda vafot etgan shifokorlar xotirasiga tibbiy "o‘lmas polk" o‘tkazildi

Shu bilan birga, u, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i uchun kurash hali yakuniga yetmaganini ta’kidladi.

"Bu falokat barchamiz uchun chidamliligimizni sinaydigan murakkab sinovga aylandi. Kasallikka qarshi kurash, aholi salomatligini saqlash va muhofaza qilish - bu umummilliy kurash. Birdamlik kuchi, muvofiqlashtirilgan hamkorlikdagi ishlar va uyushqoqlik bilan biz albatta, bu kasallikni yengamiz", - deya qayd etdi Jeenbekov.

Sal oldin Qirg‘iziston prezidenti 30-iyul kuni mamlakatda COVID-19 tufayli vafot etgan qirg‘izistonliklar xotirasiga motam kuni e’lon qilinishi haqidagi farmonni imzolagan edi.

Ushbu kunda respublika bo‘ylab, shuningdek, chet eldagi diplomatik va konsullik vakolatxonalarida davlat bayroqlari tushiriladi. Madaniyat muassasalari va teleradiokompaniyalarga ko‘ngilochar tadbirlar va dasturlarni bekor qilish tavsiya etiladi.

Yangiliklar lentasi
0