06:43 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
69601

Tojikiston til va atamalar boʻyicha qoʻmitasi xodimlari 2020 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdilar. Maʼlum boʻlishicha, qoʻmita taʼqiqlangan ismlar roʻyxatini yangilagan

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Tojikiston til va atamalar boʻyicha qoʻmita rahbari Olimjon Muhammadjonzoda matbuot-anjumanida mamlakatda qoʻyilishi taʼqiqlangan ismlar roʻyxati yangilangani haqida maʼlumot berdi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Tojikistonda farzandga ism tanlashda normativlar mavjud. Agar ota-ona oʻz dilbandiga qoʻymoqchi boʻlgan ismni roʻyxatda topa olishmasa, Qoʻmitaga talabnoma yoʻllaydilar, u yerda mutaxassislar tomonidan fuqarolardan kelib tushgan takliflar tezkor tahlil etiladi.

2020 yilning birinchi yarmida farzandlar uchun 217ta yangi ismlar tasdiqlangan.

"Shu bilan bir vaqtning oʻzida tojik tili normalariga amal qilinmagani, ism madaniyati va anʼanalariga mos kelmaganligi, shuningdek, tarixiy fonning mavjud emasligi tufayli 223ta ism rad etilgan", - deb xabar bergan Muhammadjonzoda.

Xususan, endilikda Tojikiston fuqarolariga oʻz farzandlariga Izabella, Senzora, Imron, Bobur, Qamchinbek, Shomil, Naina, Shunqor, Charos, Sunavvar, deya ism berish taʼqiqlangan.

Asosiy mavzular