13:49 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
32410

Belarusda 33 nafar rossiyalik qoʻlga olinishi holati yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ular 20 yilgacha boʻlgan muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Belarusda rossiyaliklar qoʻlga olinishi holati yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda respublika Xavfsizlik kengashi kotibi Andrey Ravkov maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Ravkovning soʻzlariga koʻra, terrorchilik teraktlarini tayyorlash boʻyicha ish ochilgan. Qoʻlga olinganga 20 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Kuni kecha Belarus OAVlari huquq tartibot organlardagi manbaasiga tayangan holda Minsk yaqinida “Vagner xorijiy xususiy kompaniyasining 32 nafar jangarisi” qoʻlga olingani toʻgʻrisida xabar berdi. Yana bir kishi respublikaning janubida ushlandi.

Keyinchalik Rossiya elchixonasi Belarus TIVdan Rossiya fuqarolari qoʻlga olingani haqida rasmiy bildirish xati olgani maʼlum boʻldi.

Bir necha kun oldin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko spetsnaz qoʻshinlari oldida nutq soʻzlab, respublikada koʻcha namoyishlariga “u yoki bu davlatlarda provokatsiya qilishda” pul ishlaydigan maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xorijliklar – “professional harbiy xizmatchi va banditlar” jalb qilinishi mumkinligi haqida aytgandi.  

Rossiya Federatsiyasi Kengashida ushbu voqea yuzasidan bergan sharhda Rossiyaning saylovlar oldidan vaziyatni beqarorlashtirish rejalari boʻlmaganligini taʼkidladi. Senator Vladimir Djabarov ikki davlat ittifoq davlatni tashkil etmoqda, deb taʼkidladi.

Davlat Dumasi deputati Leonid Kalashnikov rossiyaliklarning hibsga olinishini anglashilmovchilik deb atadi, Rossiya doim Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoni qoʻllab-quvvatlaganini taʼkidladi.

Asosiy mavzular