Shafqatsiz yirtqichlar: “kit qotillari”ning hujumi videoga olindi

© AFP 2023 / MARCEL MOCHETKasatka
Kasatka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avstraliya qirg‘oqlari yaqinida uch bosh kosatka kit va uning bolasiga hujum qildi. Ular o‘rtasida kurash ikki soat davom etdi.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Avstraliya qirg‘oqlari yaqinida baliqchilar bir to‘da kosatkalarning kit va uning bolasiga hujum qilishi holatiga guvoh bo‘lishdi.

Dengiz yirtqichining ovi tasvirga olingan video RTE News YouTube –kanaliga joylashtirildi.

The Daily Mail nashri yozishicha, 24-iyul kuni uch kosatka kit va uning bolasining orqasidan quvib borishi Ningalu marjon riflari oldida yuz berdi.

Bu holatni baliqchi Sheyn Stiven va uning do‘sti dron yordamida tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, jonivorlarning jangi ikki soat davom etdi.

Kit bolasi bilan so‘zib ketayotgan edi, ular yaqiniga uch bosh kosatka suzib keladi. Ikki yirtqich galma-gal ona kit oldiga suzib kelib, uni chalg‘itishadi, shu vaqt uchinchi kosatka ikki haftalik kit bolasini ushlab olishga harakat qiladi. Ona kit jon-jahdi bilan kurashadi, biroq kosatkalar kit bolasini o‘ldirib qo‘yishadi.

Yangiliklar lentasi
0